Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet379/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   375   376   377   378   379   380   381   382   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Tojikiston va O`zbekiston o`rtasida o`rnatilgan aloqalarga Tojikistondagi 
1992-1996 yillarda davom etgan birodarkushlik urushi salbiy ta’sir etdi. Moskvada 
1997 yil Tojikiston hokimiyati bilan muxolifat o`rtasida tuzilgan milliy murosa 
haqidagi shartnoma tufayli Tojikistonning qo`shni mamlakatlar bilan aloqalari 
jonlandi. 
O`zbekiston va Tojikiston munosabatlari 1998 yil 4 yanvarda 
I.Rahmonovning O`zbekistonga tashrifidan so`ng o`zining yangi, taraqqiyot 
davriga o`tdi. Ikki mamlakat o`rtasida yuk tashish, gaz etkazib berish
Tojikistonning qarzi bo`yicha hisob-kitob to`g’risida bitimlar imzolandi, shu 
vaqtgacha 30 dan ortiq hujjatlar imzolangan.
Turkmaniston va O`zbekiston o`rtasida 1991 yil ikki davlat prezidentlari 
“do`stlik va, hamkorlik haqida” shartnomani imzoladi. I.Karimovning 1993 yil 14-
15 aprelda Turkmanistonga safari ikki davlat o`rtasidagi aloqalarni yanada 
kengaytirdi. 1996 yil 16 yanvarda CHorjo`y shahrida S.Niyozov va I.Karimov 
“O`zbekiston bilan Turkmaniston o`rtasida do`stlik, hamkorlik va o`zaro yordam 
haqida shartnoma” imzoladi. 20 dan ortiq bitimlar imzolandi.
I.Karimovning 
2007, 
2010 
yy. 
Turkmanistonga 
tashrifi, 
G.Berdimuhammedovning 2008 yil O`zbekistonga tashrifi chog’ida O`zbekiston 
va Turkmaniston o`rtasida iqtisodiy va Do`stona hamkorlik to`g’risida shartnoma 
va bitimlar imzolandi.
Turkiston – umumiy uyimiz” degan g’oyani I.Karimov o`zbek, qozoq, 
qirg’iz, qoraqalpoq, tojik, turkman va mintaqada yashovchi barcha xalqlar 
o`rtasidagi qadimiy do`stlik aloqalarini yangi sharoitda mustahkamlashni nazarda 
tutib ilgari surdi. “Turkiston-umumiy uyimiz” deb nom olgan jamoatchilik harakati 
tashkil topdi. Toshkentda 1995 yil 21 noyabrda Markaziy Osiyo ziyolilari 
ishtirokida “Qardosh xalqlar uchrashuvi” mavzusida xalqaro qurultoy bo`lib o`tdi.


562 
Tayanch so`zlar: SSSR, Belovejskaya Pushcha, MDH, Yagona iqtisodiy 
makon, Markaziy Osiyo Hamkorligi, Evroosiyo Iqtisodiy Hamjamiyati, 
N.Nazarboev, abadiy do`stlik shartnomasi, A.Akaev, I.Rahmonov, S.Niyozov, 
“Turkiston-umumiy uyimiz”.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   375   376   377   378   379   380   381   382   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling