Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet382/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   378   379   380   381   382   383   384   385   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Janubiy Koreya va O`zbekiston o`rtasida 1992 yil martda diplomatik aloqa 
o`rnatildi. I.Karimov 1992 yil 19 iyunda Janubiy Koreyaga bordi. “O`zbekiston va 
J.Koreya o`rtasida munosabatlar va hamkorlik asoslari to`g’risida” deklorasiya 
imzolandi, DEU Korporasiyasi rahbariyati bilan Asakada avtomobil zavodi 
qurishga kelishildi. “O`zDEUavto” O`zbekiston – Janubiy Koreya qo`shma 
avtomobil zavodini loyihalash, qurish ishlari 1992-1996 yy amalga oshirildi. 


565 
Zavod 1995 yil 25 martda avtomobil ishlab chiqarishni boshladi, O`zbekiston 
jahondagi avtomobil ishlab chiqaruvchi 28-mamlakat bo`ldi.
I.Karimov 1999 yil 4-6 oktyabrda J.Koreyaga tashrifi paytida yangi 
prezident K.D.Jung bilan XXI asrda yangicha ruhdagi sheriklik to`g’risida 
qo`shma bayonot imzoladi. “O`zDEUavto” zavodida Neksiya-2, Matiz 
avtomobillar ishlab chiqarish, Toshkentda DEU avtodvigatel ishlab chiqaruvchi 
korxona qurish haqida hujjat imzolandi. Koreyaning “Kobul Tekstayl” 
kompaniyasi ishtirokida Toshkent va To`ytepada qo`shma korxonalar barpo etildi. 
O`zbekistonda 70 dan ortiq Koreya hamkorligida qo`shma korxona barpo etildi.
Yaponiya va O`zbekiston o`rtasida 1992 yil o`zaro diplomatik aloqalar 
o`rnatildi. Yaponiya 1991 yildayoq O`zbekiston mustaqilligini tan oldi. 
I.Karimovning 1994 yil 16-19 mayda Yaponiyaga tashrifi paytida “O`zbekiston va 
YAponiya o`rtasida munosabatlarning asosiy prinsiplari haqida” qo`shma bayonot 
imzolandi. O`zbek delegasiyasi “Panasonik” konsernida bo`lib, uning rahbariyati 
bilan O`zbekistonda filial ochishga kelishildi.
O`zbekistonda Yaponiyaning Misui, Misubisi, Itochu, Sumitoto, Tomen, 
Marubeni, Nishe Ivai kabi mashhur korporasiyalarining doimiy vakolatxonalari 
faoliyat ko`rsatmoqda. O`zbekistonga Yaponiya 156,1 mln. dollar beg’araz yordam 
berdi. O`zbekistonga 1999 yil aprel, 2001 yil mayda Yaponiyaning “Keydzay 
Doyukay” Korporativ rahbarlar uyushmasining prezidenti Koichi Minaguchi 
boshchiligidagi delegasiyasi tashrif buyurdi. Bu uyushma eng yirik korporasiya va 
kompaniyalarning 1600 ga yaqin rahbar xodimlaridan tashkil topgan. 
I.Karimov 2002 yil 28-31 iyulda Yaponiyaga tashrifi paytida bosh vazir 
Dzunitiro Koidzumi va imperator Akixito bilan uchrashdi, jami 14 ta hujjat 
imzolandi. YAponiyaning “Isuzu Motors” kompaniyasi bilan hamkorlikda 
Samarqand avtomobil zavodida “Isuzu” rusumli avtobuslar, yuk, chiqindi tashish 
mashinalari, ko`tarma kranlar ishlab chiqarilmoqda. I.Karimov Tokiodagi 
“Vaseda” va “Soka” universitetlarida bo`ldi, unga mazkur universitetlarning faxriy 
doktori unvonlari berilgan. “Soka” universitetida A.Navoiy haykali o`rnatilgan. 


566 
I.Karimov O`zbekistonning “Do`stlik ordeni”ni “Vaseda” universiteti rektori 
Takayasi Okushima va arxeolog olim Kyudzo Katoga taqdim etdi.
I.Karimov 2011 yil 8-10 fevralda YAponiyaga tashrifi chog’ida bosh vazir 
N.Kan va imperator Akixito bilan uchrashdi. O`zbekistonda 10 dan ortiq 
O`zbekiston-Yaponiya qo`shma korxonasi barpo etildi. Yaponiya granti asosida 
2000-2010 yy. o`zbekistonlik 206 ta talaba Yaponiyada ta’lim oldi va magistr 
darajasiga ega bo`ldi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   378   379   380   381   382   383   384   385   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling