Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buyuk Britaniya
- Elizaveta II
Niderlandiya (Gollandiya) va O`zbekiston o`rtasida munosabatlar
prinsiplari haqida bayonot O`zbek delegasiyasi 1994 yil 9-12 iyunda Gollandiyada bo`lib, qirolicha Veatriks va bosh vazir Rudolf Lyubbers bilan uchrashgach imzolandi. Fransiya va O`zbekiston Respublikalari o`rtasida “do`stlik va hamkorlik to`g’risida shartnoma” I.Karimovning 1993 yil 28-30 oktyabrda Fransiyaga tashrifi chog’ida prezident F.Mitteran bilan uchrashgach imzolandi. F.Mitteran qabul marosimida nutq so`zlab: “Markaziy Osiyoda etakchi o`rinni egallab turgan O`zbekiston SHarq va G’arb o`rtasida ishonchli ko`prik bo`lishi mumkin” - dedi. I.Karimov Parij Xartiyasini imzolashi O`zbekistonda demokratiya rivojlanishi, O`zbekistonning Evropa va boshqa taraqqiy etgan mamlakatlar bilan yaqinlashuvi uchun muhim ahamiyatga ega bo`ldi. Prezident F.Mitteranning 1994 yil 25-27 aprelda O`zbekistonga tashrifi chog’ida O`zbekiston va Fransiya o`rtasida fuqarolarning erkin harakati haqidagi bitim qachon imzolandi. I.Karimovning 1996 yil aprelda Fransiyaga tashrifi chog’ida ikki mamlakat o`rtasida ikki tomonlama soliq olmaslik to`g’risida konvesiya va moliyaviy protokol imzolandi. Buyuk Britaniya bilan ham O`zbekiston hamkorlik qilmoqda. Buyuk Britaniya xalqaro ishlarda katta tajriba va nufuzga ega bo`lgan davlat. Qirolichaning qizi malika Anna 1993 yil 17-19 iyulda O`zbekiston bo`lib, 570 Samarqandni ziyorat qildi. Buyuk Britaniya tashqi ishlar va hamdo`stlik ishlari vaziri D.Xogning 1993 yil 15 oktyabrda O`zbekistonga safari chog’ida ikki davlat o`rtasida madaniyat va ta’lim sohasidagi hamkorlik, ikki yoqlama soliq olmaslik haqida bitimlar imzolandi. I.Karimovning 1993 yil 22-25 noyabrda Buyuk Britaniya va SHimoliy Irlandiya birlashgan qirolligida bo`lishi ikki mamlakat o`rtasidagi hamkorlik tarixida buyuk voqea bo`ldi. I.Karimov qirolicha Elizaveta II, bosh vazir J.Meyjor bilan uchrashdi, O`zbekiston bilan Buyuk Britaniya qirolligi o`rtasida o`zaro iqtisodiy aloqalar to`g’risida shartnoma imzolandi. O`zbek vakillari mashhur Rotshildlar banki, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlik haqida bitimlar tuzildi. “Lonro” kompaniyasi bilan imzolangan oltin biznes haqidagi bitim amaliy ahamiyatga ega bo`ldi. 1996 yil boshida O`zbekistonda – Britaniya Kengashi bo`limining ish boshlashi hamkorlikni mustahkamlashda yangi qadam bo`ldi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling