Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
Evropa mamlakatlari: Finlandiya, Avstriya, Belgiya, SHvesariya, Italiya,
Ispaniya, Gresiya, Polsha, Vengriya, CHexiya, Slovakiya, Xorvatiya, Bolgariya bilan O`zbekiston siyosiy, diplomatik, iqtisodiy va madaniy aloqalar o`rnatdi. SHvesariyaning Altendorf shahrida ochilgan O`zbekiston Savdo uyi bugungi kunda Evropa va jahonda biznes va savdo markazi hisoblangan SHvesariyadagi O`zbekistonning vakolatxonasiga ham aylandi. Jenevada 1995 yil oktyabrda “O`zbekistonda xususiylashtirish: hamkorlik uchun imkoniyatlar” mavzusida konferensiya bo`ldi. 1995 yil noyabrda Londonda bo`lgan “O`zbekistonda biznes” konferensiyasida iqtisodiy islohatlarning xususiyatlari muhokama qilindi. SHtutgartda bo`lgan “Buyuk ipak yo`li merosi: O`zbekiston” ko`rgazmasi O`zbekistonning aql-ziyo sohasida jahonda tutgan o`rniga berilgan katta baho bo`ldi. Davosda har yili o`tadigan jahon iqtisodiy anjumanida I.Karimovning ishtirok etishi va so`zlagan nutqlari O`zbekistonga xorijiy sarmoyalarni jalb qilishda katta ahamiyatga ega bo`ldi. O`zbekistonda xorijiy sarmoya ishtirokida 571 barpo etilgan 2000 dan ortiq qo`shma korxona jahondagi 80 mamlakatdan kelgan sheriklari bilan birgalikda faoliyat ko`rsatadi. Mustaqillik yillarida O`zbekistonga kiritilgan chet el sarmoyalari 30 mlrd AQSH dollaridan oshdi. 80 dan ortiq xorijiy bank bilan munosabatlar o`rnatilgan, 140 mamlakat bilan savdo qilmoqda, har yilgi tovar ayirboshlash hajmi 6-8 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi. I.Karimov “Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo`lida” asarida: “O`tgan davrning har bir yilini tariximizning o`n yilliklariga, hatto asrlariga tenglashtirish mumkin” - deb aytgan edi. (6-jild, 1998). XX asrda ham qadimgi tarixiy jarayon takrorlandi: mazlum xalqlarning milliy-ozodlik harakati natijasida jahon mustamlakachilik tizimi barbod bo`ldi, imperiyalar quladi, yirik imperiya SSSR ham quladi. O`zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin ham ichki va tashqi dushmanlar tomonidan xavfli xurujlar uyushtirildi: 1991 yil oktyabrda Oliy Kengashdagi va 1992 yil yanvarda Toshkentning talabalar shaharchasida uyushtirilgan tartibsizliklar; 1999 yil fevralda Toshkentda terrorchilar uyushtirgan portlashlar; 1999, 2000, 2001 yillarda Afg’onistondan terrorchilarning chegaramizga bostirib kirishi; 2004 yil Toshkent shahri, Buxoro va Toshkent viloyatlarida; 2005 yil Andijon shahrida terrorchilik harakatlari mustaqillikka zarba berishga urindi. I.Karimov “O`zbekistonda demokratik o`zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo`nalishlari” nomli nutqida: “Jahon hamjamiyati xalqaro terrorizmga qarshi e’lon qilingan kurashda davlatimiz va jamiyatimiz ham qat’iy bel bog’laganini dunyo tan olmoqda va O`zbekistonga hurmat bilan qaramoqda”, - degan edi. (Xalq so`zi, 2002 y. 30 avgust). Tayanch so`zlar: Xu Szintao, K.D.Jung, Akixito, Suxarto, J.Bush, A.Gor, J.M.Barrozo, A.F.Rasmissen, G.Kol, Qirolicha Veatriks, F.Mitteran, Parij Xartiyasi, Qirolicha Elizaveta II, “Lonro”, Altendorf, SHtutgart, “Buyuk ipak yo`li merosi: O`zbekiston”. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling