Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tashkil topgan kun butun dunyoda
1948 yildan buyon nishonlanadi. Ayni paytda O`zbekistonning Birlashgan
Millatlar Tashkilotiga a’zo bo`lganligi bilan ham ahamiyatlidir. 2017 yil
Toshkentdagi Xalqaro Press-klubda O`zbekiston bilan BMT o`rtasida Birlashgan
Millatlar Tashkiloti tashkil topgan kunga bag’ishlangan barqaror rivojlanish
sohasidagi hamkorlik masalalari bo`yicha bo`lib o`tgan sessiyada Birlashgan
Millatlar Tashkiloti va BMT Taraqqiyot dasturining O`zbekiston Respublikasidagi
Doimiy vakili Xelena Freyzer O`zbekiston Respublikasi rivojlanishining beshta
ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar Dasturiga ko`maklashish borasida to`xtalib
o`tdi:
“BMTning O`zbekistondagi tizimi mamlakat tomonidan o`z oldiga
qo`yilgan ahamiyatli vazifalarga erishish borasida yordam ko`rsatmoqda. Biz 1993
yildan buyon hukumatni milliy rivojlanish dasturlarini amalga oshirish borasida
qo`llab-quvvatlamoqdamiz. Hozirgi paytda biz O`zbekiston hukumati bilan
mamlakatdagi BMT agentliklari o`rtasida barqaror rivojlanish sohasidagi global
kun tartibi va hukumatning Harakatlar Dasturi doirasida amalga oshirilayotgan
yaqin hamkorlikni qayd etishdan mamnunmiz,” - dedi.
Tadbirda ta’kidlanganidek, Barqaror Rivojlanish maqsadlari respublika
uchun alohida ahamiyatga ega, zero BMT tarixida ilk bor umumqamrovli global
maslahatlashuv jarayonida 2030 yilgacha rivojlanish borasida yagona nuqtai nazar
ishlab chiqildi. Ushbu kun tartibi BMT ning 193 ta a’zo davlatlari tomonidan
tasdiqlandi va shu tarzda 2030 yilgacha dunyoga nisbatan umumiy nuqtai nazarni
ifodalaydi.
Shuningdek, qayd etilgan ma’lumotlarga ko`ra, 1992 yildan boshlab BMT
O`zbekistonga ko`rsatgan moliyaviy ko`magi qariyb 471 million AQSH dollariga
teng bo`ldi. Ushbu moliyaviy yordam O`zbekistonni rivojlantirish maqsadida
boshqa davlatlarning ilg’or tajribasini ommalashtirishda ifodalandi.
583
Do'stlaringiz bilan baham: |