Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
O`zbekiston
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasi 2017 yil 22 dekabr’ kuni e’lon qilindi. Prezident kirib kelayotgan yangi - 2018 yilni O`zbekistonda «Faol tadbirkorlik, innovasion g’oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili» deb e’lon qilishni taklif etdi. «Bu masala bo`yicha ko`p o`yladik, ko`p maslahatlashdik. Yil davomida kelgan ko`plab murojaatlar, fikr-mulohazalar e’tiborga olindi. Ish o`rinlarini yaratmasak odamlar bizdan rozi bo`lmaydi, ko`p muammolar bor yo`l yo`q, svet, gaz yo`q, nogironlar qancha, hammasini yashirib yurdik-ku? Nom qo`yishda juda o`yladim, natija berishi kerak, chiroyli qilib ko`chaga yozib qo`yish emas bu. Men yangi - 2018 yilga yurtimizda Faol tadbirkorlik, innovasion g’oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili, deb nom berishni taklif etaman. YAngi fikr, g’oya, innovasiya bo`lmasa, keyingi kunda yuta olmaymiz, har bir hokim buni bilishi kerak», - dedi prezident. O`zbekistonda 1997 yildan boshlab har bir yilga shu davr ichida taraqqiyotning muhim yo`nalishlarini ifoda etadigan nom berish an’anaga aylangan. 1997-2019 yillar oralig’ida yillarga quyidagicha nom berilgan: 2019 yil -«Faol investisiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili». 2018 yil - «Faol tadbirkorlik, innovasion g’oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili». 2017 yil - «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili». 2016 yil - Sog’lom ona va bola yili. 2015 yil - Keksalarni e’zozlash yili. 2014 yil - Sog’lom bola yili. 2013 yil - Obod turmush yili. 2012 yil - Mustahkam oila yili. 2011 yil - Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili. 2010 yil - Barkamol avlod yili. 2009 yil - Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili. 2008 yil - YOshlar yili. 584 2007 yil - Ijtimoiy himoya yili. 2006 yil - Homiylar va shifokorlar yili. 2005 yil - Sihat-salomatlik yili. 2004 yil - Mehr va muruvvat yili. 2003 yil - Obod mahalla yili. 2002 yil - Qariyalarni qadrlash yili. 2001 yil - Onalar va bolalar yili. 2000 yil - Sog’lom avlod yili. 1999 yil - Ayollar yili. 1998 yil - Oila yili. 1997 yil - Inson manfaatlari yili. O`zbekistonning siyosiy hayotidagi muhim voqea - O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan birinchi marta mamlakat parlamenti – Oliy Majlisga Murojaatnoma taqdim etildi. Ma’lumki, dunyodagi ko`pchilik taraqqiy topgan mamlakatlarda davlat rahbarining milliy parlament a’zolari huzurida eng asosiy va dolzarb siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy masalalar va jamiyatni demokratik rivojlantirish bo`yicha Murojaatnoma bilan chiqish tajribasi mavjud. Davlat boshqaruvining bunday demokratik usuli O`zbekistonda olib borilayotgan keng ko`lamli islohotlar, avvalambor, xalq bilan muloqot prinsipiga g’oyat uyg’un va hamohang bo`lib, ish faoliyatining samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi. Anjumanda Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolari bilan birga, videokonferensiya aloqa tizimi orqali tuman, shahar va viloyatlardagi mahalliy Kengashlarga saylangan xalq noiblari hamda barcha bo`g’indagi ijro hokimiyati va xo`jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, nodavlat tashkilotlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling