Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Milliy valyutani erkin konvertasiya qilishga kirishildi


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet398/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   394   395   396   397   398   399   400   401   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Milliy valyutani erkin konvertasiya qilishga kirishildi. YUridik va 
jismoniy shaxslar xorijiy valyutani tijorat banklaridan cheklovsiz sotib olish va 
erkin sotish imkoniga ega bo`ldi. Chet el valyutasining oldi-sotdi operasiyalari 
hajmi liberalizasiya davriga nisbatan 1,5 barobar oshib, o`rtacha 1,3 milliard 
dollarni tashkil etdi. Shu bilan birga, davlatning oltin-valyuta zaxiralari yil 
davomida 1,1 milliard dollarga ko`paydi.
2017 yilda mamlakatda 12 ta erkin iqtisodiy va 45 ta sanoat zonasi faoliyati 
yo`lga qo`yildi va bu tashkiliy choralar hududlarni jadal rivojlantirish imkonini 
bermoqda. Yaqin vaqt ichida yana 50 ta yangi sanoat zonasini tashkil etish 
bo`yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. 
Yil davomida g’oyat muhim bo`lgan yangi ish o`rinlarini tashkil etish 
masalasi doimiy e’tibor markazida bo`ldi. 2017 yilda yangi sanoat korxonalarini 
qurish, xizmat ko`rsatish ob’ektlarini ishga tushirish, kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikni rivojlantirish hisobidan 336 mingdan ziyod yangi ish o`rinlari tashkil 
etildi. O`z-o`zidan ayonki, aholi bandligini ta’minlashni ustuvor vazifa qilib 


588 
qo`yilgan ekan, bu masalaga nafaqat son, balki sifat jihatidan ham alohida 
ahamiyat berilishi zarur. 
O`zbekistonda olib borilayotgan davlat siyosatining g’oyat muhim yo`nalishi 
bo`lgan ijtimoiy sohani isloh qilish bo`yicha qabul qilingan dasturlar ijrosi ham 
bosqichma-bosqich ta’minlanmoqda. Ma’lumki, aholini, ayniqsa, byudjet sohasi 
xodimlarini, kam ta’minlangan oilalarni uy-joy muammosi ko`pdan buyon qiynab 
kelardi. Bu og’ir ijtimoiy muammoga deyarli e’tibor berilmay kelgan edi. 
Xalqning talab va istaklarini inobatga olib, 2017 yilda imtiyozli ipoteka 
kreditlari asosida arzon uy-joylar qurish loyihasini amalga oshirishga kirishildi. 
Shahar va qishloqlarda jami 3,5 million kvadrat metrdan ziyod namunaviy uylar va 
ko`p qavatli uy-joylar barpo etildi. Bu raqamni avvalgi yillarga taqqoslaydigan 
bo`lsak, 2007 yilga nisbatan 20 barobar, namunaviy uy-joylar qurish dasturi 
boshlangan 2010 yilga nisbatan 3,5 barobar, 2014 yilga nisbatan esa 2 barobar 
ko`p uy-joy qurildi. 
Shuni alohida ta’kidlash o`rinliki, keyingi 25 yil davomida birinchi marta 
aholi uchun arzon, barcha qulayliklarga ega bo`lgan ko`pqavatli uy-joylar qurish 
boshlandi. 2017 yilning o`zida 800 ming kvadrat metrdan ziyod ana shunday uy-
joylar qurib foydalanishga topshirildi. Birgina Toshkent shahrining o`zida joriy 
yilda 420 ming kvadrat metr ko`pqavatli uy-joy fondi foydalanishga topshirildi. Bu 
2016 yilga nisbatan qariyb 3 barobar ko`pdir.
Odamlarning hayotiy ehtiyoj va manfaatlarini ta’minlashda bu muhim 
masalaning naqadar o`tkir va dolzarb muammo bo`lib turganini hisobga olib, bu 
ishlarning hajmini oshirgan holda, 2018 yilda ham davom ettirildi. “Chunki, xalq 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   394   395   396   397   398   399   400   401   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling