Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet397/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   393   394   395   396   397   398   399   400   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

2017 yilda iqtisodiyot sohasida zamon talablariga javob beradigan, 
yangicha ma’no-mazmundagi va samarali islohotlarni amalga oshirish yo`lida 
birinchi qadamlar qo`yildi. Iqtisodiyotni mutlaqo yangi asosda tashkil etish va 
yanada erkinlashtirish, uning huquqiy asoslarini takomillashtirish, ishlab 
chiqarishni modernizasiya va diversifikasiya qilish bo`yicha qator qonunlar
farmon va qarorlar, puxta o`ylangan dasturlar qabul qilindi va ular izchil amalga 
oshirilmoqda. 
Mamlakatda qisqa muddatda 161 ta yirik sanoat ob’ekti ishga tushirildi. Bu 
2018 yilda qo`shimcha 1,5 trillion so`mlik mahsulot ishlab chiqarish imkonini 
beradi. Masalan, Toshkent issiqlik elektr stansiyasida bug’-gaz qurilmasi barpo 
etildi. Bu esa qo`shimcha ravishda 2,5 milliard kilovatt elektr energiyasi ishlab 
chiqarish imkonini berdi. Shuningdek, Navoiy issiqlik elektr stansiyasida ikkinchi 
bug’-gaz qurilmasi, Qizilqum bag’ridagi Avminzo-Amantoy oltin konlari negizida 
gidrometallurgiya zavodi qurish bo`yicha ishlar davom etmoqda. Olmaliq kon-
metallurgiya kombinati tomonidan “Yoshlik - 1”, “YOshlik - 2” konlarini 
o`zlashtirishga kirishildi.
Sardoba, Markaziy Farg’ona va To`palang suv omborlarini qurish bo`yicha 
ishlar jadal olib borilmoqda. Bu yirik inshootlar ham, hech shubhasiz, mamlakat 
iqtisodiy hayotida muhim voqea bo`ladi. 
Farg’ona - Marg’ilon yo`nalishidagi temir yo`l tarmog’i ayni paytda 
elektrlashtirilmoqda. YAna bir yirik ob’ekt – Qandim gazni qayta ishlash 
kompleksi ishga tushirilishi hisobidan 2018 yilda qo`shimcha ravishda 4 milliard 


587 
100 million kub metr tabiiy gazni qayta ishlash, 67 ming tonnadan ziyod 
kondensat, 106 ming tonnadan ortiq oltingugurt ishlab chiqarish imkoni yaratildi.
O`zbekiston iqtisodiyotining lokomotivlaridan biri bo`lgan Muborak gazni 
qayta ishlash zavodida 2018 yili qo`shimcha ravishda 6 milliard kub metr tabiiy 
gazni oltingugurtdan tozalaydigan bloklar to`liq faoliyat boshlaydi. SHular 
qatorida “O`zagrotex-sanoatxolding” aksiyadorlik jamiyatida 2018 yilda 5 
mingdan ko`proq zamonaviy traktorlar, mingdan ziyod paxta terish mashinasi va 2 
mingdan ortiq priseplar ishlab chiqarish yo`lga qo`yiladi. 
Eng muhimi, mamlakat iqtisodiy siyosatida noreal raqamlar ortidan quvish, 
amalga oshmaydigan xomxayollarni haqiqat sifatida taqdim etishdek noma’qul ish 
uslubi tanqidiy qayta ko`rib chiqildi. Amaliy natijadorlik, inson manfaati va yana 
bir bor inson manfaati islohotlarning bosh maqsadi etib belgilandi. Ayni shu 
asosda amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 2017 yilda barqaror iqtisodiy 
o`sish sur’atlari 5,5 foizni tashkil etdi, eksport hajmi qariyb 15 foizga ko`paydi. 
Tashqi savdo aylanmasining ijobiy sal’dosi 854 million dollarga etdi. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   393   394   395   396   397   398   399   400   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling