Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Uchinchi yo`nalish – iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet392/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   388   389   390   391   392   393   394   395   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Uchinchi yo`nalish – iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning 
ustuvor yo`nalishlarini o`zida ifoda etadi. Bunda makroiqtisodiy barqarorlikni 
yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o`sish sur’atlarini saqlab qolish, 
iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizasiya va diversifikasiya qilish 
hisobidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish, 
mamlakat eksport salohiyatini kuchaytirish bosh vazifa qilib qo`yilgan. 
Qishloq xo`jaligini modernizasiya qilish, tuproq unumdorligini va ekinlar 
hosildorligini oshirish, yangi va xaridorgir mahsulotlar etishtirish orqali jahon 
bozoriga chiqishning yangi yo`nalishlarini joriy etish nazarda tutiladi. 


580 
Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya 
qilish, mulkka egalik qilish va uning hajmini oshirish orqali yuqori samaradorlikka 
erishish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, uni 
rag’batlantirish mo`ljallanmoqda. Viloyat, tuman va shaharlarni ularning tabiiy-
geografik imkoniyatlari, er sharoiti va dehqonchilik madaniyatini nazarda tutgan 
holda, hududiy ehtiyoj va manfaatlar nuqtai nazaridan iqtisodiy rivojlantirish 
choralarini ko`rish belgilangan. 
To`rtinchi yo`nalishda ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor 
yo`nalishlari o`z ifodasini topgan. Bunda aholi bandligi va uning real 
daromadlarini izchil oshirish, jumladan, mehnatga layoqatli aholi qatlami uchun 
yangi ish o`rinlari yaratish, mehnat faoliyatining yangi shakl va turlarini joriy etish 
nazarda tutilmoqda. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog’liqni saqlash tizimini 
takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faoliyatini oshirish orqali 
jamiyatda sog’lom turmush tarzini yanada chuqurlashtirish masalalariga alohida 
ahmiyat berilmoqda.
Shuningdek, aholini arzon uy-joylar bilan ta’minlash, hayot sharoitlarini 
yaxshilash, 
yo`l-transport, 
muhandislik-kommunikasiya 
va 
ijtimoiy 
infrotuzilmalarni modernizasiya qilish orqali uzoq istiqbolga mo`ljallangan va 
munosib turmush darajasini ta’minlaydigan yuksak madaniyatli yashash sharoitiga 
erishish chora-tadbirlarini ko`rish eng muhim vazifa qilib qo`yilgan. 
Ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohasini rivojlantirishga, har tomonlama 
barkamol, etuk inson – yuqori malakali mutaxassisni tarbiyalashga alohida e’tibor 
beriladi. Bu esa yoshlarga oid davlat siyosatini butun choralar bilan 
takomillashtirishni taqozo etadi. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   388   389   390   391   392   393   394   395   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling