Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Shavkat Miromonovich Mirziyoev O`zbekiston Respublikasi Prezidenti


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet388/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   384   385   386   387   388   389   390   391   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Shavkat Miromonovich Mirziyoev O`zbekiston Respublikasi Prezidenti
O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 90, 117 - moddalariga, «O`zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
saylovi to`g’risida»gi 
O`zbekiston 
Respublikasi 
Qonunining 14, 35, 36 - moddalariga, «O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov 
komissiyasi to`g’risida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 5, 9 - 
moddalariga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi 
Shavkat Miromonovich Mirziyoevni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti 
lavozimiga saylangan deb hisoblash to`g’risida qaror qabul qildi. 
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko`rish va uni 
o`tkazish jarayonini beshta xalqaro tashkilot – Evropada xavfsizlik va hamkorlik 
tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo`yicha byurosi, Mustaqil 
Davlatlar Hamdo`stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Butunjahon saylov 
organlari uyushmasi va Islom hamkorlik tashkilotidan hamda Amerika, Evropa, 
Osiyo va Afrikaning 46 ta davlatidan 600 nafarga yaqin kuzatuvchi kuzatib 
borgani siyosiy kampaniya demokratiya talablari asosida ochiq va oshkora 
o`tganining yorqin dalilidir. Saylov jarayonini monitoring qilishda siyosiy 
partiyalardan 37 mingdan ortiq kuzatuvchi ham faol ishtirok etdi. 
Saylovning ochiqligi va oshkoraligini ta’minlashda ommaviy axborot 
vositalari nihoyatda muhim o`rin tutadi. Prezident saylovini 615 milliy va 272 


574 
xorijiy ommaviy axborot vositalari, shu jumladan 315 ta xorijiy va milliy internet 
nashrlari yoritib bordi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo`yicha Respublika 
matbuot markazi va okrug saylov komissiyalarining matbuot markazlari tomonidan 
O`zbekiston va chet elning 1 ming 400 nafardan ortiq jurnalistlari ishtirokida 
saylov kampaniyasining muhim bosqichlariga bag’ishlangan 180 ta matbuot 
anjumani va onlayn brifinglar o`tkazildi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti 
sayloviga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish bilan bog’liq 22 ming 700 dan 
ziyod maqola va axborot materiallari e’lon qilindi, ko`rsatuv hamda eshittirishlar 
efirga uzatildi. 
Majlisda qayd etilganidek, 4 dekabr’ kuni bo`lib o`tgan O`zbekiston 
Respublikasi Prezidenti saylovi mamlakat o`z oldiga qo`ygan buyuk maqsadlar 
yo`lida – dunyodagi rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan o`rin egallash, 
mamlakatni siyosiy va iqtisodiy jihatdan modernizasiya qilish, xalq uchun erkin
tinch va farovon hayotni ta’minlash borasida yana bir ulkan qadam qo`yganini, 
ta’bir joiz bo`lsa, mustaqil taraqqiyotining yangi davriga kirib borayotganini 
yaqqol namoyish etdi. 
«O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to`g’risida»gi qonun 39-
moddasiga muvofiq, Prezident MSK tomonidan saylov natijalari rasmiy tarzda 
e’lon qilingan kundan e’tiboran kechi bilan ikki oy ichida Oliy Majlis yig’ilishida 
qasamyod qilgan paytdan boshlab o`z lavozimiga kirishishi lozim.
O`zbekiston Konstitusiyasining 92-moddasiga ko`ra, Prezident Oliy Majlis 
yig’ilishida quyidagi qasamyodni qabul qilgan paytdan boshlab o`z lavozimiga 
kirishgan hisoblanadi: «O`zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, 
respublikaning Konstitusiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga, fuqarolarning 
huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti 
zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod 
qilaman». 
2016 yil 4 dekabr’ kuni bo`lib o`tgan Prezident saylovi yakunlari bo`yicha 
saylovchilarning 88,61 foiz ovozi bilan Shavkat Miromonovich Mirziyoev 


575 
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. 2016 yil 14 dekabrda rasman 
o`z vazifasini bajarishga kirishdi. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   384   385   386   387   388   389   390   391   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling