Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


XX-bob. Milliy taraqqiyotning yangi bosqichi


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet387/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   383   384   385   386   387   388   389   390   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

XX-bob. Milliy taraqqiyotning yangi bosqichi. 
1-§. Shavkat Miromonovich Mirziyoev – O`zbekiston 
Respublikasi Prezidenti
 
Prezident saylovi. O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom 
Abdug’anievich Karimov O`zbekiston davlati va davlatchiligini barpo qilish, 
demokratik fuqarolik jamiyati qurish asoslarini yaratdi, mamlakat taraqqiyotining 
asosiy yo`nalishlarini ishlab chiqdi, yurtning yorug’ istiqboli yo`lida ko`pmillatli 
xalqni birlashtirib, uni ulug’ maqsadlar sari boshlab bordi. Buyuk ishlarni amalga 
oshirgan Islom Karimov 2016 yil 2 sentyabr’ kuni 78 yoshida Toshkent 
shahrida vafot etdi. U 2016 yil 3 sentyabr’ kuni Samarqand shahrida dafn etildi. 
2016 yil 8 sentyabr’ kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
Qonunchilik palatasi va Senatining qo`shma majlisida parlament palatalarining 
qo`shma qaroriga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Prezidentining vazifa va 
vakolatlarini bajarish vaqtincha O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri 
Sh.M.Mirziyoev zimmasiga yuklandi. 
15 sentyabr’ 
kuni 
bo`lib 
o`tgan O`zbekiston 
Markaziy 
saylov 
komissiyasining majlisida 4 dekabrda o`tkaziladigan Prezident saylovini 
o`tkazuvchi 
saylov 
okruglari 
tuzish 
to`g’risida qaror qabul qilindi. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri chegaralari doirasida 
14 ta saylov okrugi tuzildi.
19 oktyabr’ kuni Toshkentda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - 
O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasining VIII s’ezdi bo`lib o`tdi. Unda 
partiya siyosiy kengashi a’zosi Shavkat Miromonovich Mirziyoev nomzodini 
Prezidentlikka tasdiqlash to`g’risidagi qaror qabul qilindi.
O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi okrug saylov 
komissiyalaridan kelgan bayonnomalarga asosan 2016 yil 4 dekabr’ kuni bo`lib 
o`tgan ovoz berish jarayonida saylovchilar ro`yxatiga kiritilgan 20 million 461 
ming 805 nafar saylovchidan 17 million 951 ming 667 nafari ishtirok etganini 


573 
aniqladi. Bu ro`yxatga kiritilgan saylovchilar umumiy sonining 87,73 foizini 
tashkil qiladi. 
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining natijalariga ko`ra, Sarvar 
Sadullaevich Otamuratovni yoqlab 421 ming 55 nafar saylovchi yoki ovoz 
berishda ishtirok etgan saylovchilar umumiy sonining 2,35 foizi ovoz berdi
SHavkat Miromonovich Mirziyoevni yoqlab 15 million 906 ming 724 nafar 
saylovchi yoki ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar umumiy sonining 88,61 
foizi ovoz berdi, Xatamjon Abduraxmonovich Ketmonovni yoqlab 669 ming 187 
nafar saylovchi yoki 3,73 foizi, Narimon Majitovich Umarovni yoqlab 619 ming 
972 nafar saylovchi yoki 3,46 foiz saylovchilar ovoz berdi. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   383   384   385   386   387   388   389   390   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling