Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Osiyo va Okeaniya
Malayziya va Indoneziya – Tinch okeani havzasi mamlakatlari bilan
O`zbekiston 1992 yil iyunda I.Karimovning Malayziya va Indoneziyaga safari kunlari diplomatik aloqalar o`rnatdi. Indoneziya Respublikasi prezidenti Suxartoning 1995 yil 8-10 aprelda O`zbekistonga tashrifi paytida Indoneziya va O`zbekiston o`rtasidagi munosabatlar va hamkorlik tamoyillari to`g’risida qo`shma bayonnoma imzolandi. Osiyo va Okeaniya mintaqasidagi: Vetnam Sosialistik Respublikasi, Kombodja, Tailand, Avstraliya bilan O`zbekiston siyosiy-diplomatik aloqalarni yo`lga qo`ydi. AQSH va O`zbekiston o`rtasida diplomatik aloqalar AQSH davlat kotibi Jeyms Beykerning 1992 yil 15-16 fevralda O`zbekistonga tashrifi chog’ida o`rnatildi. Toshkentda birinchi bo`lib 1992 yil 16 martda AQSH elchixonasi ochildi. AQSH davlat departamenining maxsus topshiriqlar bo`yicha elchisi Strob Talbot 1993 yil 14 sentyabrda Hamkorlik qilish masalalarida I.Karimov bilan suhbatlashdi. AQSH mudofaa vaziri Uilyam Persi 1995 yil 6 aprelda O`zbekistonga kelgan chog’ida O`zbekistonning NATO “Tinchlik yo`lida hamkorlik” dasturida ishtiroki muhokama qilindi. I.Karimov 1995 yil BMT yubiley sessiyasi kunlarida AQSH vise-prezidenti Albert Gor bilan uchrashdi. I.Karimov 1996 yil 23-28 iyunda AQSHga tashrifi paytida AQSH Prezidenti Bill Klinton bilan uchrashdi. Uchrashuv ikki mamlakat o`rtasidagi munosabatlarga siyosiy zamin hozirladi. O`zbekistonning AQSHdagi elchixonasi 1996 yil 25 iyunda ochildi, marosimda I.Karimov, AQSH davlat departamentining MDH davlatlari bo`yicha vakili J.Kollinz qatnashdi. O`zbek 567 delegasiyasi Texas shtati poytaxti Xyustonda neft va gaz sanoati bilan bog’liq bo`lgan yirik korporasiya va kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashdi. O`zbekistonda “Gazomotors” va “Gazkompressor” qo`shma korxonalari tuzish to`g’risida I.Karimov Tennessi shtati gubernatori T.Sandkvest bilan hujjat imzoladi; Kolorado shtati gubernatori R.Romer bilan hamkorlik haqida bitim imzoladi. I.Karimov 1996 yil 28 iyunda “Nyumont Mayning” korporasiyasi prezidenti R.Kembri bilan uchrashib O`zbekiston geologiya qo`mitasi bilan “Nyumont Mayning” va “Misui” korporasiyalari birgalikda oltin konlarini ishga tushirish va qo`shma korxona tuzish to`g’risida bitim imzoladi. O`zbekistonda 1996 yil boshigacha amerikalik sarmoyadorlar ishtirokida 200 ta qo`shma korxona tashkil topdi. Navoiy viloyatida tog’ jinslaridan oltin va kumush ajratib oluvchi “Zarafshon-Nyumont” korxonasi 2002 yilgacha 83 tonna oltin tayyorladi, AQSHning 28 ta kompaniya, firma va banki o`z vakolatxonalarini ochgan. O`zbekiston va AQSH hamkorlikda 2001 yil 70 dar ortiq loyihani amalga oshirib, 305 ta qo`shma korxona barpo etilgan; “Zarafshon-Nyumont”, “O`z- Teksako”, “O`z-Keysmash”, “O`z-Keystraktor”, “O`z-Eksayd”, “BiEyAy”ning Xo`jabod gaz ombori, “AVV Lummus Global” bilan hamkorlikda SHo`rtan gaz- kimyo majmuasi qurildi. AQSH va O`zbekiston o`rtasida 1991-2001 yy. sentyabrgacha davlat ahamiyati darajasida 28 ta tashrif qayd etilgan. 2001 yil sentyabrdan 2002 yil aprelgacha 20 ga yaqin tashrif amalga oshirildi. AQSHda 2001 yil 11 sentyabrda xalqaro terroristlar sodir etgan fojiali voqealar paytida O`zbekiston birinchi bo`lib AQSHning Xalqaro terrorizmga qarshi aksilterror kaolisiya tuzish taklifi tarafdori bo`ldi. Prezident J.Bush taklifiga binoan 2002 yil 11-14 martda I.Karimovning AQSHga tashrifi chog’ida “AQSH va O`zbekiston o`rtasida o`zaro sheriklik va hamkorlik asoslari to`g’risida deklorasiya” imzolandi. I.Karimov Amerika jamoatchiligi tomonidan “Xalqaro miqyosdagi lider” mukofoti bilan taqdirlandi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling