Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
g’oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- innovasion rivojlanish yo`liga o`tilmoqda.
g’oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili, deb nom berishni taklif
etdi. Faol tadbirkorlik - biznes faoliyatini innovasion, ya’ni zamonaviy yondashuvlar, ilg’or texnologiya va boshqaruv usullari asosida tashkil etadigan iqtisodiy yo`nalishdir. Faol tadbirkor - raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga qodir, eng muhimi, yangi ish o`rinlari yaratib, nafaqat o`zini va oilasini boqadigan, balki butun jamiyatga naf keltiradigan ishbilarmon insonlardir. Bunday tadbirkorlar safini kengaytirish, jumladan, yuqori texnologiyalar, ilm-fanning eng so`nggi yutuqlariga asoslangan texnika va asbob-uskunalarni mamlakatga olib kelish va joriy etish uchun ularga munosib sharoitlar yaratish birinchi galdagi vazifa qilib belgilandi. Xorijdagi etakchi kompaniya va tashkilotlarda tajriba orttirishi, o`zaro manfaatli hamkorlik qilishi uchun ularga har tomonlama imkoniyat tug’dirib berish lozim bo`ladi. Bugun davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovasion rivojlanish yo`liga o`tilmoqda. Bu bejiz emas, albatta. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda yangi fikr, yangi g’oyaga, innovasiyaga tayangan davlat yutadi. Innovasiya – bu kelajak degani. “Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo`lsak, uni aynan innovasion g’oyalar, innovasion yondashuv asosida boshlashimiz kerak. SHuning uchun biz Innovasion rivojlanish vazirligini tashkil etdik va uning oldiga aniq vazifalarni qo`ydik. Bu vazirlik nafaqat iqtisodiyot sohasida, balki butun jamiyat hayotida eng muhim loyihalarni amalga oshirishda o`ziga xos lokomotiv rolini bajaradi, deb ishonamiz. 2018 yilda ilmiy tadqiqot va innovasion faoliyatni rivojlantirish, buning uchun zarur moliyaviy resurslarni safarbar etish, ushbu jarayonda iqtidorli yoshlar ishtirokini, ijodiy g’oya va ishlanmalarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash vazifasi e’tiborimiz markazida bo`ladi,” – dedi Murojaatnomada Sh.Mirziyoev. O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Murojaatnomasi, uning saylanganiga bor-yo`g’i bir yil bo`lishiga qaramasdan, yaqin o`tmishdagi vaziyatni teran tahlil qilib, yaqin kelajakka aniq vazifalarni belgilab beruvchi, chuqur 595 mushohadali nutq bo`ldi, desak to`g’ri bo`ladi. Bunday murojaatlar odatda boshqa davlatlarda doimiy o`tkazib kelinadi. Lekin bugun ilk bor bunday amaliyot O`zbekistonda qo`llandi. O`zbekiston rahbari 4 soat davomida tik turgan holda, to`g’ridan-to`g’ri mamlakat Parlamenti, hukumati va xalqiga murojaat qildi. Bu Murojaat qaysi jihatlari bilan e’tiborga molik bo`ldi: Birinchidan, murakkab masalalarning echimiga tanqidiy mulohaza orqali yondashuv bo`ldi. Ikkinchidan, Parlament deputatlari va senatorlari oldiga yangi vazifalar belgilash va ularning faoliyati doirasini kengaytirish, jamiyatda bo`layotgan siyosiy-iqtisodiy jarayonlardagi ishtirokini kuchaytirishda yangi «yo`l xaritasi» belgilandi. Uchinchidan, haqiqiy demokratiyani eng quyi tuzilma – tumanlardan boshlab eng yuqori Respublika idoralarida o`rnatish va uning ajralmas mexanizmi – o`zaro cheklovlar va muvozanat tizimini nihoyat ishlatish zarurligi ta’kidlandi. To`rtinchidan, Prezident 13 yil mamlakat Bosh vaziri, 10 yil ikki viloyat hokimi sifatidagi kuzatuv va xulosalarini aniq, tartibli tizimga solib, davlat boshqaruvida muhim institusional o`zgarishlarga asos yaratib berdi. Beshinchidan, so`nggi yillarda o`z funksional vazifalarini bajarishdan ancha nariga chiqib ketgan huquqni muhofaza qilish organlariga Konstitusiyaviy normaga asoslanib ish yuritishga chaqirdi. Xususan, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Prokuratura, Davlat soliq qo`mitasi. Bu organlar faqat yuklatilgan vazifalari bilan shug’ullanishga chaqirildi. Tadbirkorlik faoliyatiga aralashuv, manfaatli «tekshir-tekshir»larni to`xtatmasalar, korrupsion holatlar davom etsa, shaxsan Prezidentning o`zi bu tashkilot mutasaddilariga jinoiy ish qo`zg’atishi ta’kidlab o`tildi. «Biz 37-yilni ko`rganmiz. U hali ham esimizda. Har xil «dedi-dedi»lar kishi taqdirini hal qilmasligi kerak. Bu odatni bas qilaylik», - deya ta’kidladi Prezident. Oltinchidan, mamlakat iqtisodiyoti va statistikasidan «rassomlar»ni chetlashtirish, real hayot bilan yashash lozimligiga alohida urg’u qaratdi SHavkat Mirziyoev. Xalqaro valyuta fondi ma’lumotlariga ko`ra, O`zbekiston yalpi ichki 596 mahsulotning daromad qismi kishi boshiga hajmi bo`yicha 187 davlat o`rtasida 134-o`rinni egallagan. Vaholanki, bunday holat O`zbekistonning boy salohiyati va resurslariga to`g’ri kelmaydi. Prezident bu sohada kadrlar keskin etishmasligini ta’kidlab, jurnalistika va ommaviy kommunikasiya vositalari sohasida alohida universitet tashkil etish taklifini ilgari surdilar. Undan tashqari, nodavlat ommaviy axborot vositalarga, xususan, veb-saytlar faoliyatini qo`llab-quvvatlaydigan Davlat jamg’armasini ta’sis etishni taklif qildi. Yana bir muhim yangilik – Davlat rahbari taraqqiyotda muhim innovasiya – hokimiyatni nomarkazlashtirish, ya’ni markaz vakolatlarining ko`p qismini viloyatlarga berishni taklif qildilar. Bu degani, ko`plab ruxsatnomalar, lisenziyalarni olish Toshkent bilan bog’liq bo`lmay, viloyatlarning o`zida amalga oshiriladi. Shuningdek, viloyatlar va tuman hokimlariga ko`proq erkinlik berish va ularga Prezidentning joylardagi vakili sifatida qarash lozimligini uqtirdilar. Prezident Shavkat Mirziyoevning nutqi esa O`zbekistonning ichki siyosatida, ijtimoiy-iqtisodiy muhitida muhim o`zgarishlar hamda yangi va ilg’or rivojlanish g’oyalarining eskilik sarqitiga qarshi tizimli kurashini boshlab berdi, desak mubolag’a bo`lmaydi. O`zbekiston lideri loqaydlik, beparvolik, poraxo`rlik, korrupsiya, soxtakorlik, vakolatni suiiste’mol qilishga qarshi kurashni e’lon qildi. Umuman olganda, Prezidentning Murojaati nafaqat ichki, balki yaqin va uzoqdagi qo`shnilar bilan hamkorlikni jadallashtirishga qaratilgan «yo`l xaritasi» ham bo`ldi, desak to`g’ri bo`ladi. Prezidentning virtual qabulxonasiga bir yilda bir yarim million murojaat kelib tushdi. Bu to`planib qolgan muammolar, masalalar bo`yicha jiddiy ko`rsatkich. Prezident taklifiga binoan yangi interaktiv innovasiya – «Mening fikrim» portali ish boshladi. Endi maishiy muammolarni aytishdan taklif berishga o`tildi. O`zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 22 dekabr kuni Parlamentga qilgan murojaati nafaqat O`zbekiston xalqi, balki chet el davlat rahbarlari va fuqarolari tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olindi. “O`zbekiston 597 Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga murojaati asosiy qismlari Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 72-sessiyasining rasmiy hujjati sifatida “2030 yilgacha davr uchun barqaror rivojlanish sohasidagi kun tartibini amaliy tadbiq etilishi bo`yicha O`zbekiston hukumati chora-tadbirlari to`g’risida” sarlavhasi ostida tarqatildi. Hujjat tashkilotning oltita rasmiy tiliga (arab, fransuz, ingliz, ispan, rus va xitoy) tarjima qilindi va BMTda akkreditasiya qilingan barcha diplomatik vakolatxonalar orasida tarqatildi, shuningdek, BMT Rasmiy hujjatlari tizimida joylashtirildi. Tayanch so`zlar: faol tadbirkorlik, innovasion g’oyalar va texnologiyalar, «yo`l xaritasi», arzon uy-joy, diversifikasiya, korrupsiya, YOshlar ittifoqi, maktabgacha ta’lim, Xelena Freyzer, BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling