599
mamlakatimiz bo`yicha 700 mingdan ortiq yurtdoshlarimiz ish bilan
ta’minlangani, tijorat banklari tomonidan tadbirkorlarga 25 trillion so`m miqdorida
kredit mablag’lari ajratilgani ana shunday sa’y-harakatlar natijasidir.
Mamlakatda qabul qilinayotgan dastur va rejalarning barchasida
yoshlar
manfaatlari alohida hisobga olinmoqda. Bu haqda so`z
yuritganda, mamlakatda
yangi oliy o`quv yurtlari, xorijdagi nufuzli universitetlarning filiallari tashkil
etilayotgani,
qabul kvotalari oshirilgani, ko`pgina yo`nalishlar bo`yicha sirtqi
bo`limlar ochilganini alohida qayd etish lozim. Ayni vaqtda buyuk allomalar
nomidagi maxsus maktablar, hududlarimizda atoqli
adiblari nomidagi ijod
maktablari ish boshlagani, yoshlar o`rtasida turli tanlov va festivallar, sport
musobaqalari muntazam o`tkazib kelinayotgani
ularning ilmiy va ijodiy
kamolotida katta rol’ o`ynamoqda.
Jamiyatda
“Qonun
va
adolat
–
ustuvor”,
“Jinoyatga
jazo
muqarrar” degan muhim prinsiplarni ta’minlash, sud, prokuratura, ichki ishlar
organlari, advokatura tizimi faoliyatini takomillashtirish, ularni tom ma’noda inson
huquq va manfaatlari himoyachisiga aylantirish bo`yicha ham salmoqli ishlar
qilinmoqda. Ana shunday o`zgarishlar tufayli yillar
davomida deyarli unutib
qo`ygan tartib-intizom, qonun-qoida, odamlarning haqli talablari bilan hisoblashish
kabi eng muhim tamoyillar hayotda tobora chuqur o`rin egallamoqda.
Xalqimizga xos kechirimli, rahm-shafqatli bo`lish, bag’rikenglik va
olijanoblik fazilatlari asosida jamiyatda sog’lom ijtimoiy muhit mustahkamlanib
bormoqda. Bilib-bilmay noto`g’ri yo`lga kirib qolgan, o`z qilmishidan chin dildan
pushaymon bo`lgan fuqarolarni kechirish, ularni oilasi bag’riga, foydali mehnatga
qaytarishga qaratilgan tadbirlar yaxshi natija bermoqda.
2018 yil 31 avgustda qabul qilingan Prezident farmoniga binoan qilmishiga
chin dildan pushaymon bo`lgan va tuzalish yo`liga qat’iy o`tgan, ozodlikdan
mahrum etish jazosini o`tayotgan 261 nafar shaxs Mustaqillik bayrami munosabati
bilan afv etilgani shu ezgu ishlarning davomi bo`ldi. 261 inson taqdiridagi bunday
o`zgarish –
bu avvalo ularning oilasi, farzandlari, ota-onalari, yaqinlari hayotiga
nur olib kirdi, quvonch olib kirdi, deganidir.
600
Bugun bir fikrni to`la ishonch bilan aytish mumkin:
butun jamiyatni qamrab
olayotgan ana shunday ezgu ishlar tufayli hayotda fayzu baraka, millatlararo
do`stlik va mehr-oqibat tuyg’ulari kuchayib bormoqda. Eng muhimi, mamlakatni
yanada taraqqiy ettirish yo`lida olib borayotgan ichki
va tashqi siyosat el-yurt
tomonidan qo`llab-quvvatlanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: