Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
O`zbekiston Respublikasining oltin-valyuta zaxiralari
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. Sof oltin- valyuta zaxiralari 25 188,3 26 567,5 27 086,7 26 648,9 26 365,1
- O`zbekistonda naqd pul hajmi ortmoqda.
O`zbekiston Respublikasining oltin-valyuta zaxiralari.
mln.AQSH dollarida Ko`rsatkichl ar 01. 01.2017 01. 01.2018 01. 04.2018 01. 07.2018 01. 08.2018 I. YAlpi oltin-valyuta zaxiralari 26 428,8 28 076,9 28 494,0 27 660,5 27 389,9 1. Xorijiy valyutadagi aktivlar 14 172,3 14 042,8 14 517,2 13 818,3 13 597,6 2. Monetar oltin 12 256,6 14 034,1 13 976,8 13 842,2 13 792,3 II. Sof oltin- valyuta zaxiralari 25 188,3 26 567,5 27 086,7 26 648,9 26 365,1 1 «Gаzеtа.uz», 16 yanvаr 2018 yil. 603 O`zbekistonda naqd pul hajmi ortmoqda. Banklarga naqd pul tushumi oshdi. Jumladan, 2017 yilning birinchi yarmida bank kassalari orqali naqd pul aylanmasi bir oyda o`rtacha 4,8 trln. so`mni tashkil etib, 900 mlrd. so`m miqdordagi naqd pul emissiya qilingan bo`lsa, yilning ikkinchi yarmida bu ko`rsatkich qariyb 2 barobarga ortib, 9,4 trln. so`mga etdi, jumladan 2017 yilning dekabrida 2,3 barobarga ko`tarilib, 11 trln. so`mgacha etdi. Bunda naqd puldagi daromad va xarajatlar o`rtasidagi muvozanat ta’minlangan. Pul-kredit sohasidagi islohotlar ham tijoriy banklar faoliyatiga ijobiy ta’sir ko`rsatdi. Jumladan, bank aktivlari va kredit qo`yilmalari hajmi 2 barobarga oshib, mos ravishda 166,6 trln. so`m va 110,6 trln. so`mni tashkil etdi. 2017 yil yakunlari bo`yicha tijoriy banklarda jami depozitlar hajmi 58,7 trln. so`mga etib, 2016 yil bilan taqqoslanganda 61 foizga ko`paydi. 2018 yilning yanvar’-iyun’ oylarida muomaladagi naqd pullar miqdori, pul aylanmasi tarkibidagi o`zgarishlar hamda mavsumiy omillar ta’sirida shakllanib bordi. 2018 yilning I choragida muomaladagi naqd pullar hajmi 1,2 trln. so`mga qisqargan bo`lsa, II choragida 3,4 trln. so`mgacha ortishi kuzatildi. Natijada, 2018 yilning I yarim yilligida naqd pul massasi 2,2 trln. so`mga oshdi. Naqd pulga bo`lgan talabning o`zgarishi asosan mavsumiy omillar bilan izohlanadi. Bunda mamlakatga xalqaro pul o`tkazmalari hajmlarining asosan yilning ikkinchi va uchinchi choraklarida boshqa choraklarga nisbatan ko`proq bo`lishi va natijada, aholi tomonidan tijorat banklariga xorijiy valyutani sotish hajmlarining oshishi mos ravishda naqd pulga bo`lgan talabning ortishiga olib kelmoqda. Xususan, agar 2018 yilning I choragida mamlakatimizga xalqaro pul o`tkazmalari orqali 950 mln. dollar miqdoridagi valyuta mablag’lari kirib kelgan bo`lsa, II chorakda ushbu ko`rsatkich 1,4 barobarga oshib 1 335 mln. dollarni tashkil etdi. O`z navbatida, tijorat banklari tomonidan I chorakda aholidan 420 mln. dollar miqdoridagi (3,4 trln. so`m) xorijiy valyuta sotib olingan bo`lsa, II chorakda ushbu ko`rsatkich 2 barobarga oshib 868 mln. dollarni (6,9 trln. so`m) tashkil etdi. 604 Mazkur holat naqd pulga bo`lgan 3,5 trln. so`mlik qo`shimcha talabni yuzaga keltirdi. Shu bilan birga, aholi tomonidan chet el valyutasini milliy valyutaga ayirboshlashga bo`lgan talabning oshishi milliy valyuta kursining joriy yil boshidan mustahkamlanib borishi bilan ham izohlanishi mumkin. SHuningdek, aholining naqd pulga bo`lgan talabini to`liq qondirish maqsadida bankomatlar va terminallar tarmog’i kengaytirilishi hisobiga plastik kartalardan naqd pullar echib olish hajmlari oshdi. Xususan, 2018 yilning II choragida aholi tomonidan plastik kartadagi mablag’lar hisobidan naqd pul echib olish hajmi I chorakdagi ko`rsatkichdan 1,4 barobarga ortib, 2,2 trln. so`mni tashkil qildi. Bu esa, aholi tomonidan savdo va pullik xizmatlar uchun to`lovlarda naqd pullardan foydalanish darajasini oshishiga olib keldi. 2018 yilning yanvar’-iyun’ oylarida naqd pullarning bank kassalari orqali o`rtacha oylik aylanmasi hajmi 11,7 trln. so`mni tashkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan (4,7 trln. so`m) 2,5 barobarga oshishi kuzatildi. Umuman olganda, bank plastik kartalaridan naqd pulni echib olish hajmlarining oshib borishi hamda savdo va xizmat ko`rsatishdan tushgan tushumlar tarkibida naqd pullar ulushining ko`payishi aholi uchun naqd pullarning qulay to`lov vositasi bo`lib qolayotganligidan dalolat beradi. Jismoniy shaxslar plastik kartalaridagi mablag’lari qoldig’i 2018 yilning yanvar’ oyidagi 1,6 trln. so`mdan 16 foizga oshib iyun’ oyida 1,8 trln. so`mni tashkil etdi. Bu o`z navbatida, aholi tomonidan plastik kartochkalardagi mablag’larni istalgan paytda bank xizmatlaridan foydalangan holda naqd shaklda hech qanday to`siqlarsiz echib olishga bo`lgan ishonchining ortib borayotganligini va plastik karta hisobvaraqlarida bo`sh pul mablag’larini saqlashga qiziqishning ortayotganligi bilan izohlanishi mumkin. Shu bilan birgalikda, pul-kredit sohasidagi amalga oshirilayotgan tarkibiy o`zgarishlar ta’sirida bank kassalari orqali naqd pullar aylanmasi hajmining ortib borishi kuzatilmoqda. 605 Aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining naqd puldagi hisob-kitoblarini amalga oshirishlarida qulayliklar yaratish maqsadida yirik naqd pullarni muomalaga chiqarish asosan yirik nominaldagi banknotlar orqali amalga oshirilib, kichik nominaldagi banknotlar esa muomaladan bosqichma-bosqich bilan qaytarib olinmoqda. Jumladan, ushbu davrda muomalaga chiqarilgan naqd pullar (banklar kassalaridagi naqd pullarni hisobga olgan holda) hajmi 2,7 trln. so`mga yoki 13,5 foizga oshgan bo`lsa, muomaladagi banknotlar soni 568 mln. donaga yoki 7,5 foizga kamaydi. 2018 yilning I yarmida muomalada 1000 so`mlik va undan kichik qiymatdagi banknotlar miqdori 582 mlrd. so`mga kamaygan bo`lsa, 5000 so`mlik, 10 000 so`mlik, 50 000 so`mlik banknotlar miqdori 3,3 trln. so`mga oshdi. Ushbu davrda, muomalaga chiqarilgan banknotlar jami sonida 500 so`mgacha bo`lgan banknotlar ulushi 3,7 foiz bandga va 1000 so`mlik banknotlar 1,0 foiz bandga kamaygan bo`lsa, 5000 so`mlik banknotlar – 2,6 foiz bandga, 10 000 so`mlik – 1,4 foiz bandga va 50 000 so`mlik – 0,7 foiz bandga oshdi. Naqd puldagi hisob-kitoblarni amalga oshirishda aholi uchun qulayliklar yaratish maqsadida, Markaziy bank kelgusida ham iqtisodiyotning naqd pulga bo`lgan talabini to`liq ta’minlagan holda, banknotlar nominal qatorini maqbullashtirish va yirik nominaldagi banknotlarni muomalaga chiqarish borasida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirib boradi. O`zbekiston respublika tovar xomashyo birjasi (O`zRTXB) AJ da 2018 yilning I choragida 5,87 trln so`mlik bitimlar tuzilib, o`tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 78% ga o`sdi. Shu jumladan, birja savdo bitimlarining hajmi ikki marotabaga, ya’ni 5,5 trln so`mgacha ko`tarildi. Sug’urta kompaniyasi tomonidan o`tgan hisobot davrida 10,6 mlrd. so`mdan ortiq sug’urta qoplamalari to`landi. O`tgan yilga nisbatan o`sish 139,5% dan oshdi. To`lovlarning asosiy qismi ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish hamda ixtiyoriy tibbiy sug’urta turlariga to`g’ri keldi. Kompaniya tomonidan o`tgan hisobot davrida 10,6 mlrd. so`mdan ortiq sug’urta qoplamalari 606 to`landi. O`tgan yilga nisbatan o`sish 139,5% dan oshdi. To`lovlarning asosiy qismi ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish hamda ixtiyoriy tibbiy sug’urta turlariga to`g’ri keldi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling