Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
yil 1 chorak yakunlari bo`yicha kompaniya faoliyatining
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashqi siyosat
- XULOSA
2018 yil 1 chorak yakunlari bo`yicha kompaniya faoliyatining
natijalari: 607 Kompaniyaning investision 2017 yil 1 choragi kursatkichlariga nisbatan 2018 yil 1 chorak yakunlari bo`yicha 102,6 % o`sishga erishildi va bu 43 797,5 mln. so`mni tashkil etdi. Tashqi siyosat sohasida O`zbekiston barcha uzoq va yaqin davlatlar, avvalo, qo`shni mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar bilan do`stona va o`zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini har tomonlama rivojlantirish siyosatini izchil davom ettiradi. O`zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va xalqaro moliya institutlari bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda tuzilgan shartnoma va kelishuvlarni o`z vaqtida, to`liq va sifatli bajarish bo`yicha barcha zarur chora-tadbirlarni ko`rmoqda. Xalqaro tashkilotlar vakillari, xorijiy davlatlarning elchilari O`zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga xayrixoh bo`lib, qo`llab-quvvatlamoqda. Tayanch so`zlar: harakatlar strategiyasi, milliy yuksalish, makroiqtisodiy barqarorlik, tadbirkorlik faoliyati erkinligi, xususiy mulk daxlsizligi, fermerlik, tadbirkorlik, jamoatchilik nazorati, elektron hukumat, “Obod qishloq”, “Obod mahalla”. 608 XULOSA XX asr jahon tarixida alohida o`rin egallaydi. Bu davrda hayot turli yo`nalishlarda kechdi: Birinchidan, dunyoda fan-texnika rivojlanib, taraqqiyot yuqori bosqichga ko`tarildi. Ikkinchidan, dahshatli voqealar ro`y berib 100 millionlab kishining yostig’i quridi, misli ko`rilmagan vayrongarchilik va talofatlar ko`rildi. Avvalambor birinchi jahon urushi, sovet davlatining o`rnatilishi va ikkinchi jahon urushi insoniyat boshiga juda katta ofat va kulfatlar keltirdi. Uchinchidan, er yuzining turli mintaqalarida milliy ozodlik va mustaqillik harakatlari kuchayib, o`zga davlatlarga tobe bo`lib kelgan mamlakatlar birin-ketin ozodlikka erishdi. To`rtinchidan, SSSR deb atalgan imperiya emirilib, uning o`rnida bir qator yosh mustaqil davlatlar tashkil topdi. Mustaqillikka erishgan xalqlar o`z taqdirini o`zi hal etish, istiqbolini o`zi belgilash, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga asoslangan jamiyat qurish, o`z millatining buyuk davlatchilik tarixi asoslari bilan mustahkamlangan davlatga asos solish hamda uning ichki va tashqi siyosatini daxlsiz olib borish huquqiga ega bo`ldilar. Mustaqillikka erishish g’oyasi xalqimiz uchun azal-azaldan meros. SHu maqsad xalqimizga ajdodlar orqali ming yilliklar qa’ridan bizgacha etib kelmoqda. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov, “O`zbek millati azaldan o`z fikr-zikri o`z istiqloli uchun kurashib yashagan, bunga moziy guvoh. Millatimiz tarixi haqidagi haqiqat, yurtimizning fidoyi, o`z yo`lidan, maslagidan, so`zidan qaytmaydigan farzandlariga ochilishi lozim. Bilishimiz shart bo`lgan tarix sahifalarini qunt bilan varaqlash hammamiz uchun ham qarz, ham farz” - deganlarida ana shu holatni nazarda tutadi. Xalqimizning uzoq tarixi u o`z o`tmishida ozodlik, istiqlol uchun tinimsiz kurash olib borganidan guvohlik beradi. 609 Turkiston o`zining 2 ming yillik tarixi davomida 800 yildan ortiq vaqtini mustamlakachilik zulmi ostida o`tkazgan. Xususan, Ahmoniylar-200 yil, Grek- Makedoniyaliklar-180 yil, Arab xalifaligi salkam-200 yil, CHingizxon bosqinchilari-150 yil, CHor Rossiyasi va Sovet davlati-130 yil o`lkamizni o`z panjalarida ushlab turdilar. Bu g’oyatda dahshatli va fojiali davrlarda yuz minglab odamlar o`ldirildi va yo`q qilindi. Ko`p boyliklar talandi, shahar va qishloqlar xarobaga aylantirildi. Biroq, hech qanday qirg’inlar va vayronagarchiliklar qanchalik vahshiylarcha amalga oshirilmasin, o`zbek xalqini millat sifatida yo`q qila olmadi. Xalqimiz bosqinchilarga qarshi kurashni tinimsiz davom ettiraverdi. Xalqimizning ozodlik uchun kurashlari mag’lubiyatga uchrashiga ko`pincha taxtning merosxo`rligi va uning uchun olib borilgan o`zaro urushlar sabab bo`lgan. Taxt talashishlar juda og’ir oqibatlarga olib kelgan. Avvalambor, u mamlakatda parokandalik va tarqoqlikni, xavotirlik notinchlikni yuzaga keltirib, hokimiyat boshqaruviga katta zarba berdi. Qo`shin orasida tarafkashlik va o`zboshimchalik kuchayib, mamlakat mudofaasi juda zaiflashgan. Taxt uchun kurashlar qudratli temuriylar davlatini emirganligiga tarix guvoh. Mustamlaka davrida Turkiston xalqi chet el bosqinchilariga qarshi doimiy goh pinhona, goh oshkora ravishda kurashib kelgan. Milliy mustaqillik uchun kurash ayniqsa, Chor Rossiyasi o`lkamizni bosib olgandan keyin avj oldi. SHuni alohida qayd etish lozimki, Turkistonning Chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi, o`lkamiz tarixidagi eng qora, eng qonli sahifalardan biridir. XIX asrning o`rtalaridan o`lkamizga nisbatan Rossiya bosqinchilik harakatlarini boshladi. Uzoq jangu jadallardan so`ng 1852-1876 yillarda Qo`qon xonligi, 1865-1868 yillarda Buxoro amirligi, 1873 yilda esa Xiva xonligi ishg’ol qilindi. Xalqimiz 130 yil mobaynida cheksiz yovuzliklarni boshidan kechirdi. Bunday yovuzliklarga nisbatan xalq ommasining ozodlik milliy mustaqillik uchun kurashi kuchaya bordi. Chor Rossiyasi bos-qinchiligi davrida Turkiston xalqlari tomonidan mustamlakachilik zulmiga qarshi isyon, qurolli qo`zg’olon, qarshiliklar va boshqa shakllardagi 4600 dan ortiq xalq harakatlari bo`lib o`tdi. 610 Chorizmning mustamlakachilik zulmiga qarshi kurashda ayniqsa XX asr boshlarida vujudga kelgan jadidchilik harakati katta o`rin tutadi. Jadidchilik harakati namoyondalari mustamlakachilik va milliy zulmga qarshi kurashda mollarini ham, jonlarini ham ayashmadi. Jadidlar o`lkamizni qoloqlik va zulmdan qutqarmoq uchun avvalo ma’rifiy madaniy ishlarni tomir orttirib, keyinchalik xalqni katta kurashga etaklamoqchi bo`ldilar. Jadidlarning faoliyati chor hukumatining nazorati va ta’qibi uchiga chiqib, ozodlik g’oyasi va kurashlari bo`g’ib tashlangan sharoitda kechdi. Shunga qaramay ular o`zining vatani ozodligi uchun mardonavor kurashdilar, bu yo`lda jonlarini ham ayashmadi. Mahalliy xalqlar bol’sheviklarning bergan va’dalariga ishonib ko`p marotaba aldandilar. Natijada ularning sho`rolar hukumatiga u yurgizayotgan siyosatga ishonchlari qolmadi. Mahalliy musulmon vakillari har qadamda bol’sheviklar tomonidan o`ziga nisbatan ishonchsizlikni, dushmanlikni ko`rdilar. Ular faqatgina kurash yo`li bilan o`z taqdirlarini o`zlari hal qilishlari mumkinligiga ishondilar va bu yo`lda qat’iy harakatlar boshlandi. Millatparvarlarning bu harakatiga qarshi 20-30 yillarda ommaviy qatag’onlar olib borilganligi hech kimga sir emas. Umuman, 20-30 yillarda milliy mustaqillik uchun kurashgan millatparvarlarning 80 mingdan ortig’i siyosiy qatag’onga uchragan. 1939-53 yillar oralig’ida esa 61799 kishiga siyosiy ayb quyilib, tergov ishlari olib borilgan, ulardan 56112 kishi javobgarlikka tortilgan. Aybdor deb topilganlarning 7100 tasi o`limga hukm qilingan. Stalindan so`ng ommaviy qatag’onga barham berilgan bo`lsada, baribir demokratiya va oshkoralikka yo`l berilmadi. Mustamlakachilik va milliy zulm yana bir necha o`n yillarga cho`zildi va oxir oqibat ijtimoiy hayotning turli sohalarida inqirozlarning kelib chiqishiga sabab bo`ldi. XX asrning 80- yillariga kelib xalqning e’tiqodini yo`qotib bo`lmasligi ravshan bo`lib qoldi va milliylik asta-sekin yuzaga chiqa boshladi. SHuningdek, bu davrga kelib ijtimoiy hayotning turli sohalarida inqirozlar kuchayib ketgan edi. Sosializm tuzumi o`zining g’ayri tabiiyligi va samarasizligini namoyish etib, mamlakatni halokat yoqasiga keltirdi. Odatdagidek kompartiya qatag’onlar 611 o`tkazish yo`li bilan chetdan “aybdorlar”ni topib va xalqni chalg’itib inqirozni xaspo`shlash va niqoblashga o`tdi. Qayta qurish davrida ham 1920-30 va 1939-53 yillardagi terrorchilik siyosati qaytarildi, chunonchi, O`zbekistonda “paxta ishi” yoki “o`zbek ishi” nomidan qatag’on o`tkazildi. Bu davrda shuni hisobga olish kerakki, “o`zbek ishi” aslida niqoblangan siyosiy kurash bo`lib, maqsad mustamlakachilik va ulug’ millatchilik siyosatini yanada avjiga mindirish, xalqni og’ir ahvoldan chalg’itishdan iborat edi. Bu siyosiy nayranglarning iqtisodiy tomoni ham bor edi. Markazga O`zbekistondan daryo kabi oqib borayotgan turli tuman boyliklarni yanada ko`paytirish va ularning zarrachasini tub aholiga yuqtirmaslik ko`zlangan. Bundan tashqari “o`zbek ishi” vositasida mamlakatda O`zbekistonni ishonchni yo`qotgan xavfli zona sifatida gavdalantirib, Rossiyadan kadrlarni - o`z odamlarini keltirishni va respublika hokimiyat tarmoqlarini tamomila egallashni maqsad qilib qo`ydi. Ayni paytda bir jomadon bilan keladigan “ustoz”larning katta boylik to`plashlari uchun sharoit yaratish nazarda tutiladi. Bu respublika boyliklarini navbatdagi o`zlashtirishning bir turi edi. Umr bo`yi dahshatli fojialarga to`ymagan markaz 1984 yil 6-iyundan 1988 yil 6-iyunga qadar Gdlyan va Ivanovlar boshchiligida tergov ishlarini o`tkazdi. “O`zbek ishi” bo`yicha 58 ming kishi har xil uydirma, bo`htonlar bilan ishdan olib tashlandi. Ulardan ko`pchiligi rahbar kadrlar edi. SHuningdek, 4,5 ming kishi qamoqqa tashlandi, xo`rlandi, mol- mulki talandi. Gdlyanchilar hech narsadan tap tortmay ish olib bordilar. Ular qonunga bo`ysunmaganlar, aksincha qonun ularga bo`ysundirilgan. Ruhiy ta’sir o`tkazish maqsadida mahbuslar uzoq muddat va hech narsadan xabarsiz holda saqlangan, hatto oylab so`roq qilinmagan. Ba’zilarni o`lim jazosini beramiz, - deb qo`rqitib, zo`ravonlik bilan tergov qilinayotgan boshqa yurtdoshlariga qalbaki guvohlik berishga ko`ndirganlar. Umuman, 80-yillarga kelib kommunistik mafkuraning kelajagi yo`qligi, uzoqqa bora olmasligi aniq bo`lib qoldi. Kommunistik partiya istasa-istamasa mavjud mafkura va g’oyalarning qisman o`zgartirishi, shu uslubning yangi shakllarini izlab topishi kerak edi. Ana shu harakatlarning mahsuli sifatida M. V. 612 Gorbachyovning “qayta qurish” siyosati dunyoga keldi. Ammo u ijobiy natijalar bermadi. Xullas, 90 yillarning boshiga kelib markaz va ittifoqdosh respub-likalar o`rtasidagi munosabatlar keskinlashib markaziy hokimiyatning obro`yi pasayib ketdi. Siyosiy, iqtisodiy va xo`jalik hayoti boshqarilmay qoldi. Oqibatda turmushning barcha sohalaridagi salbiy ahvoldan xalqning kun sayin noroziligi ortib turmush darajasi yomonlasha boshladi. Ishlab chiqarish va mehnat intizomi izdan chiqdi. Bu hol tabiiy ravishda xalqlarning ko`zini ochdi, endilikda ular eskicha buyruqbozlik usulini qabul qila olmay qoldi. Qisqa qilib aytganda, shu vaqtga kelib respublikalar suverenitetini va inson huquqlarini poymol qilgan ma’muriy buyruqbozlik boshqaruvining istiqbolsiz ekanligini hayotning o`zi ko`rsata boshladi. Bu yo`lda “qayta qurish” siyosati ham, Ittifoq SHartnomasini tuzishga bo`lgan harakatlar ham hech qanday ijobiy natija bermadi. Va nihoyat markaziy hokimiyatni saqlab qolish va respublikalarga mustaqillik berishga jon jahdi bilan qarshilik qiluvchi kishilar tomonidan 1991 yil 18 avgust kuni SSSR Vise prezidenti G.I. Yanaev boshchiligida favqulodda holat davlat qo`mitasi (GKCHP) tuzildiki, bu vaziyatni yanada chigallashtirdi. Fitna o`z vaqtida bostirilgan bo`lsada, mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat taranglashdi. Markaz hokimiyati falaj bo`lib qoldi. Shu tariqa KPSS halokatga uchradi. Respublikalar birin-ketin SSSR tarkibidan chiqib ketib, o`z mustaqilliklarini e’lon qildilar. Hamma respublikalar qatori O`zbekiston ham 1991 yil 31 avgust kuni o`z mustaqilligini e’lon qildi. Mustaqillikka erishgan davlatlar o`z istiqlol va taraqqiyot yo`llarini belgilab olishga kirishdilar. O`zbekiston mustaqillik yillarida milliy tiklanish va milliy taraqqiyot yo`lida ulkan yutuqlarga erishdi. 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishlari bo`yicha Harakatlar Strategiyasida xalqchil islohotlarning yo`nalishlari belgilab berildi. Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari ulkan vazifalarni amalga oshirishga kirishildi. 2018 yil 28 dekabr’ kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2019 yilda mamlakatini rivojlantirishning eng muhim ustuvor 613 vazifalari to`g’risidagi Parlamentga Murojaatnomasida shunday deyiladi: “Oldimizga qo`ygan ulkan vazifalarni amalga oshirishda biz uchun kuch-qudrat manbai bo`ladigan milliy g’oyani rivojlantirishimiz zarur. Xususan, milliy o`zligimizni anglash, Vatanimizning qadimiy va boy tarixini o`rganish, bu borada ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish, gumanitar soha olimlari faoliyatini har tomonlama qo`llab-quvvatlashimiz lozim. O`tmishga berilgan baho albatta xolisona, eng muhimi, turli mafkuraviy qarashlardan xoli bo`lishi zarur. Buyuk alloma va adiblarimiz, aziz-avliyolarimizning bebaho merosi, engilmas sarkarda va arboblarimizning jasoratini yoshlar ongiga singdirish, ularda milliy g’urur va iftixor tuyg’ularini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratishimiz kerak”. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling