Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Shohrux hokimiyati. Shohrux Xurosondagi amirlar isyonini bostirib, 1409 
yil 25 aprelda Amudaryodan o`tib Samarqandga yurish qiladi. U Movarounnahr va 
Xurosonda o`z hukmronligini o`rnatadi. Shohrux davrida Temur saltanatining 
asosiy qismi saqlanib qolsada, mamlakat ikki davlatga bo`lingan edi: 1) 
Amudaryodan janubda joylashgan Shohrux davlati bo`lib, markazi Hirot edi. 2) 
Amudaryodan shimolda - Movarounnahr va Turkiston hududida Ulug’bek davlati 
bo`lib, poytaxti Samarqand edi.
Ulug’bek – Movarounnahr hukmdori. Shohrux 1409 yil Samarqandan 
Hirotga qaytish oldidan 15 yoshli Mirzo Ulug’bekni Movarounnahr va Turkistonga 
hokim qilib tayinlaydi. Ulug’bek (1394-1449) Movarounnahr va Turkiston hokimi 
deyilsada, aslida hokimiyati dastlab faqat Samarqand, Buxoro va Nasaf viloyatlari 
bilangina cheklandi. Chunki, Shohrux avval Farg’onadan to O`zgandgacha Amirak 
Ahmadga, Hisori Shodmonni Muhammad Jahongirga bergan edi.
Shayx Nuriddin Turkiston bilan qanoatlanmay 1410 yil Muhammad 
Jahongir, Yaangi va Sayram viloyatlari hokimi Amir Abdulxoliq, Oq O`rdalik 
xonzodalardan Chingiz o`g’lonlar bilan ittifoq tuzib temuriylarga qarshi isyon 
ko`taradi. Ulug’bek va isyonkor ittifoqchilar o`rtasida jang 1410 yil 20 aprelda 
Samarqand yaqinida Qizilravot mavzeyida bo`ladi. Ulug’bek engilib Kalifga 
chekinadi, Shohrux kelib Shayx Nuriddin isyonini bostiradi. 1412 yildan 
Movarounnahr va Turkistonni boshqarish to`liq 18 yashar Ulug’bek qo`liga o`tadi. 
Ulug’bek 1414 yil Farg’onaga va Koshg’arni egallaydi 
Shohrux Xorazmni 1413 yil Oltin O`rdadan qaytarib oladi. Natijada 
Ulug’bek davlatining g’arbiy va janubiy chegaralari barqarorlashgan bo`lsada, 
Ulug’bek davlatining shimoli-g’arbiy va shimoli-sharqiy tomonlari hali xavotirli 


126 
bo`lgani uchun Dashti Qipchoq va Mo`g’ulistondagi ichki kurashlarga aralashishga 
majbur bo`ladi.
Mirzo Ulug’bek 1425 yil bahorda Mo`g’ulistonga yurish qilib, Issiqko`l 
yaqinida mo`g’ullar ustidan g’alaba qildi va sharqiy chegarani mustahkamlaydi. 
Ikki bo`lak nefrit toshni qo`lga kiritib Temur uchun qabr toshi yasattiradi. 
Ulug’bek Mo`g’uliston ustidan g’alabasi haqida o`ziga xos «zafarnomani» xijriy 
828 (1425) yil Jizzax yaqinidagi Ilono`tti darasi ichida yozdiradi. Mirzo 
Ulug’bekning Dashti Qipchoqqa yurishida omadi kelmaydi, otasi Shohrux etib 
kelib Ulug’bekni halokatdan saqlab qolgan.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling