Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Taxt uchun kurash. Shohrux Ray viloyatida nevarasi Sulton Muhammad 
isyonini bostirish vaqtida o`rniga voris belgilashga ulgurmay 1447 yil 12 martda 
olamdan o`tadi. Shohruhning to`ng’ich o`g’li Ulug’bek taxtga o`tirishi kerak edi, 
ammo Shohruxning nevarasi, Boysung’urning o`g’li Alouddavla taxtni egalladi. U 
1447 yil bahorida Ulug’bekning katta o`g’li Abdulatifni asirga oladi.
Mirzo Ulug’bek Alouddavla bilan sulh tuzishga majbur bo`ladi. Sulhga 
ko`ra Abdulatif ozod qilinadi, Ulug’bek Hirot va Xurosonga bo`lgan da’vosidan 
voz kechadi, biroq sulh buziladi. Ulug’bek va Alouddavla o`rtasidagi jang 1448 yil 
bahorda Tarnob yaqinida bo`ladi. Ulug’bek va Abdulatifning 90 minglik 
birlashgan qo`shini Aluddavlani tor-mor qilib, Hirotni qo`lga kiritadi. 
Movarounnahrda Ulug’bekka qarshi isyon boshlangan edi, Ulug’bek Xurosonda 
Abdulatifni qoldirib o`zi Samarqandga qaytadi. 
Mirzo Ulug’bek va o`g’li Abdullatif o`rtasidagi nizoning sababi, Tarnob 
g’alabasidagi fatxnomada Abdullatifning nomi inisi Abdulazizdan keyin tilga 
olinishi hamda Ixtiyoriddin qal’asidagi xazinani Ulug’bek olib qo`yishi Abdulatif 
uchun bahona bo`ladi. Abdulatif Hirotda 15 kun hokimlik qiladi. U Abulqosim 
Bobur kelayotganini eshitib Movarounnahrga qochadi. Ulug’bek Abdulatifni 
Balxga noib qilib tayinlagach, u «tamg’a» solig’ini bekor qilib savdogarlarni 
o`ziga og’dirib oladi. Otasidan norozi bo`lgan amirlarni to`playdi, hatto Abulqosim 
Boburni Ulug’bekka qarshi kurashga undaydi.


127 
Ulug’bek fojiasi. Mirzo Ulug’bek Hirotdan Samarqandga qaytar ekan 
Dashti Qipchoq ko`chmanchilari hujumiga duchor bo`ladi. Abulxayrxon 
Toshkent, Shohruxiya, Samarqand, Buxoro atrofini talaydi. Ulug’bek shu vaqtda 
Samarqandda vaqtinchalik noib qilib qoldirilgan Ulug’bekning kichik o`g’li 
Abdulazizga qarshi amirlar noroziligini bartaraf qilishga majbur bo`ladi.
Abdulatif qulay fursatdan foydalanib Amudaryodan o`tib Termiz, 
Shahrisabz va Huzorni osongina zabt etadi, so`ng Samarqandga yo`l oladi. 
Ulug’bek va Abdulatif o`rtasidagi jang 1449 yil oktyabrda Damashq qishlog’i 
yaqinida bo`ladi. Ulug’bek engiladi, Samarqand amiri Mironshoh Qavchin shahar 
darvozasidan Ulug’bekni kiritmaydi. Mirzo Ulug’bek Shohruxiyaga ham kirolmay 
Abdulatifga taslim bo`ladi. Shahar qozisi Shamsiddin Muhammad Miskinning 
qarshiligiga qaramasdan, Abdulatif jaholatparast ulamolarning yashirin fatvosini 
chiqartirib otasini o`ldiradi. Movarounnahrni 40 yil idora qilgan Mirzo Ulug’bek 
1449 yil 27 oktyabrda 55 yoshida fojiali halok bo`lgan.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling