Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
-§. Dehqonchilik, er egaligi munosabatlari
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Er va mulkchilik
- Soliq turlari
4-§. Dehqonchilik, er egaligi munosabatlari. Ilm-fan va madaniyat Dehqonchilik va chorvachilik. Temuriylar dashtlarni o`zlashtirib, tashlandiq erlarni obod qilgan xususiy sohibkorlarni qo`llagan, ular 1,2 yil hamma soliq va to`lovlardan ozod etilgan. Temuriylar davrida Samarqand vohasida eng yirik sug’orish tarmog’i bo`lgan Zarafshon daryosidan bosh olgan Darg’om 130 anhoridan chiqarilgan qadimgi Angor kanali tiklandi. Natijada Qashqadaryo vohasiga qo`shimcha suv chiqariladi. Mirzo Ulug’bek davrida Buxoro vohasining Somonchuq dashtiga suv chiqarilib, yangi erlar o`zlashtirildi. Shohrux tomonidan Murg’ob daryosining bosh to`g’oni - Sultonband tiklanib, sug’orish tarmoqlari loyqadan tozalanadi. Natijada Marv shahri va Murg’ob vohasining suv ta’minoti tubdan yaxshilanadi. Sulton Husayn Mirzo tashabbusi bilan Marviruddan yangi kanal chiqarilib, katta er maydoni sug’orildi. Navoiy tashabbusi bilan Tus viloyatida Turuqband suv ombori qurdiriladi. Undan 10 farsax (60-70 km) kanal qazilib Mashhadga suv olib kelinadi. Xo`jalikning iqtisodiy hayotida ayniqsa yaylov chorvachiligi: yilqichilik, tuyachilik, qoramolchilik muhim o`rin tutgan. Er va mulkchilikning XV asrda Movarounnahr va Xurosonda 4 shakli: mulki devoniy - davlat erlari, mulk - xususiy erlar, mulki vaqf - madrasa, masjid erlari, jamoa erlari bo`lgan. Sug’oriladigan erlarning eng katta qismi davlat mulki hisoblangan, bu erlarga sulton yoki amirlar egalik qilardi. Temuriylar davrida davlat erlarini «suyurg’ol» tarzda in’om qilish keng tarqaladi. Suyurg’ol egalari tobeligini kuchaytirish maqsadida markaziy hokimiyat ba’zan ularning er maydonlarini qisqartirar yoki haq-huquqlarini cheklab, bo`ysunmagan taqdirda, suyurg’ol huquqidan mahrum etilar va boshqa shaxsga berilar edi. Bu davrda bosh hukmdor tomonidan yirik mulk egalariga yaxshi xizmati uchun tarxonlik yorlig’i berish an’anaga aylanadi, uni olgan mulkdorlar soliq, to`lov, majburiyatdan ozod bo`lgan. Tarxon yorlig’i odatda amirlar, beklar, saroy amaldorlari, saidlar va yuqori tabaqa vakillariga berilgan. Bunday yorliq olgan mulkdor ismiga «tarxon» martabasi qo`shib aytilgan. «Mulki vaqf» XV asrda ham avvalgidek juda ko`p er va suvdan iborat edi. YAna do`kon, korxona, tegirmon, objuvoz, bozor rastalari, karvonsaroylar ham vaqf qilinib, ulardan tushgan daromad masjid, madrasa, tabiblar uyi, xonaxohlar jihozi va ta’miri uchun hamda mutavalli, mudarris, tabib va talabalarga beriladigan 131 nafaqalar, langarxona (musofirxona) va shifoxonalarning kundalik xarjlari uchun sarf etilgan. Soliq turlari. Sug’orma dehqonchilik erlaridan olinadigan asosiy soliq - xiroj deb atalgan. Xiroj mahsulot yoki pul bilan to`langan, u hosilga va erning unumdorligiga qarab belgilangan. Daryo va buloq suvlari bilan sug’oriladigan obikor erlardan xiroj hosilning 1/3 qismi (33 %) miqdorida olingan. Lalmikor erlardan hosilning 1/6, 1/8, ya’ni 16,5 %, 12,5 % miqdorida soliq undirilgan. Mulk erlarining bir qismidan hosilning 1/10 qismi (10 %) miqdorida «ushr» olingan, bunday erlar ulamolar va mashoyixlar tasarrufida bo`lgan. CHorva mollaridan 1/40, ya’ni 2,5 % miqdorda «zakot» olingan. Asosiy soliqlardan tashqari mahalliy aholi begor ishlarida ham qatnashgan. Begorda qatnashgan kishi asbob-uskunasi va ovqatini o`zi bilan olib kelishi lozim bo`lgan. «Begor»- mahalliy aholiga yuklatilgan saroy, jamoat binolari, mudofaa va sug’orish inshootlarini, yo`l qurish ishlarida ommaviy ishlab berish majburiyati. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling