133
Shoxrux elchilari 1418 yil Ardasher boshchiligida Xitoyga borgan.
Samarqand va Xirotga 1419 yil Xitoy elchilari Li-Do va Jong-fu keladi.
Shohrux
va Ulug’bek 1420 yil Xitoyga 530 nafardan iborat elchilik karvonini jo`natadi, ular
1422 yil Xitoydan qaytib keladi.
Ulug’bek davrida Buxoro va Samarqandga 1421 yil Tibetdan elchilar keladi.
Shohrux 1441-1442 yy. Hindistonga Vijayanagar saroyiga tarixchi Abdurazzoq
Samarqanday boshchiligida elchilar yuboradi. U Kermon, Xurmuzd, Fors qo`ltig’i
orqali Hindistonga boradi.
Pul muomalasi. Mirzo Ulug’bek 1428 yil muomaladagi fulsiy pullar
islohatini o`tkazadi. U engil vaznli muomaladagi chaqa
pullarni ayirboshlashni
man etib, eski chaqalarni yangisiga almashtiradi. Ulug’bek bir vaqtda Buxoro,
Samarqand, Qarshi, Termiz, Toshkent, Shohruxiya, Andijonda zarbxonalar tashkil
etib, bir xil vazndagi fuluslar zarb ettirdi.
Ulug’bekning yangi fuluslari xalq o`rtasida «Fulusi adliya» ya’ni «adolatli
chaqa» deb ataldi va ichki savdoga keng yo`l ochdi. Ulug’bek
tashqi savdodan
davlat xazinasiga tushadigan daramodni ko`paytirish maqsadida «tamg’a» solig’ini
birmuncha oshirdi.
Tayanch so`zlar: Abdurazzoq Samarqanday,
Ardasher, Li-Do, Jong-fu,
Vijayanagar, Darg’om,
Somonchuq, Sultonband, Turuqband, Fulusi adliya, begor,
banno.
Do'stlaringiz bilan baham: