Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Hunarmandchilik va savdo 
Hunarmandchilik markazlari Samarqand, Buxoro, Toshkent, Shohruxiya, 
Termiz, Shahrisabz, Qarshi shaharlari edi. Shaharlarda hunarmandchilik 
mahallalarining soni ortib, kasb-hunar bilan bog’liq yangi guzar va ko`chalar 
paydo bo`ladi. Ko`pgina shaharlarda zargarlik, miskarlik, ignasozlik, sovutsozlik, 
toshtarashlovchilar, shishasozlar, ko`nchilik kabi hunarmandchilik mahallalari 
bo`lgan.
Shaharlarda ip, ipak, jun, kanop tolasidan turli guldor hamda nafis va dag’al 
gazmollar ko`plab to`qilar edi. XV asrda temir buyum, qurol-yarog’ va asboblar 
yasash yuqori darajaga ko`tariladi. Chilangarlarning aksariyatiro`zg’or buyumlari, 
qurol va asboblar yasovchi temirchilardan iborat edi. Ular orasida mix yasovchilar, 
taqachilar, sim cho`zuvchilar, pichoqchi ustalar bo`lgan. Samarqand va Hirot 
shaharlarida zargarlik va qurilish rivoj topadi.


132 
Binokorlik, 
yog’och o`ymakorligi. o`rta asr hunarmandchiligida 
kulolsozlik eng rivoj topgan sertarmoq sohaga aylanadi. Kulolsozlik: kosagarlar, 
xumchasozlar va tandirsozlar kabi bir necha tarmoqqa bo`linadi. Bu davrda tosh 
yo`nish, unga sayqal berib, o`ymakor naqshlar va xushxat yozuvlar bitish san’ati 
kamolatga etadi. Bibixonim jome masjidida Qur’on uchun o`rnatilgan katta tosh 
lavh, Go`ri Amirdagi nefrit qabr toshi, Shohizinda (Shayhizinda)dagi sag’analarga 
jimjimador naqshlar chizilgan, o`ymakor oyatlar, marsiya va tarixlar yozilgan.
Samarqand, Hirot va yirik shaharlarda qurilish avj olib, binokorlarning roli 
oshadi. G’isht terib imorat qaddini bino qiluvchilar «banno» deb; peshtoq, ravoq, 
toqilarga parchin va girixlar qoplab imoratga pardoz beruvchilar «ustod» deb 
yuritilgan.
Shishasozlik ham XV asrda taraqqiy qilib, Samarqandda shishasozlar 
mahallasi bo`lgan. Yog’och o`ymakorligi san’atining XV asrga oid eng nodir 
namunalari Go`ri Amir va Shohizindaning oyatlar bitilgan naqshinkor eshiklari 
hisoblanadi. Samarqand hunarmandchiligida ayniqsa qog’oz ishlab chiqarish 
alohida o`rin tutadi. Samarqand qog’ozi Sharq xattotligida mashhur bo`lib, ma’lum 
qismi chetga chiqarilgan.
Hunarmandchilikning 
teri 
oshlash, 
charm-mo`yna 
mahsulotlari: 
mahsido`zlik, po`stindo`zlik, telpakdo`zlik, kavushdo`zlik, etikdo`zlik sohalari 
rivojlangan. Samarqand bozorida shirmoyi, sedana payvand, noni zargaron, noni 
osiyoi kabi nonlar, ziravorlar, attorlik mollari sotilar edi. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling