Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Etnik jarayonlar. Movarounnahr va Xorazmda O`zbek xalqi IX–XII 
asrlarda shakllangan, lekin ular XVI asrgacha o`zbeklar deb atalmagan. Qadimdan 
turkiy etnik guruhlar nafaqat O`zbekiston zaminida, jumladan Dashti Qipchoqda 
ham yashab kelganlar. Dashti Qipchoqni XIII asr boshida zabt etgan mo`g’ullar 
turkiy qabilalar tarkibiga singib, o`z milliyligini yo`qotgan.
Shayboniylar Movarounnahrni egallagach: 1) XVI asrdan Dashti Qipchoqda 
yashovchi turli o`zbek qabilalari Movarounnahr va Xorazmga ko`chib keldi va 
Etnik jarayonga ta’sir ko`rsatdi, O`zbek xalqining tarkibi kengaydi. 2) ko`chib 
kelgan turli o`zbek qabilalari taraqqiyoti ustun bo`lgan mahalliy qardoshlari bilan 
yaqinlashdi. 3) ular o`troq hayotga moslashib asta-sekin Movarounnahr va 
Xorazmdagi qardoshlari tarkibiga singib ketgan, faqat hukmron qabiladan mahalliy 
aholiga “o`zbek” degan nom o`tgan, xalos. XVI asrdan Movarounnahr va 


144 
Xorazmning mahalliy aholisi ham o`zbek deb atala boshlagan. Bundan o`zbek 
xalqi XVI asrda shakllangan, degan xulosa chiqmasligi lozim. 
Zahiriddin Muhammad Bobur 
 
Boburning Shayboniyga qarshi kurashi. Shayboniyxon 1500 yil 
Samarqandni egallagach, Bobur unga qashi yurish boshladi. Shayboniyxon bu 
paytda Samarqanddan tashqarida edi. Bobur Shayboniy qoldirgan 600 ta askarni 
qirib tashladi va Samarqand taxtini ikkinchi marta egalladi. Shayboniyxon chekindi 
va bo`lajak hal qiluvchi janga tayyorgarlik ko`rdi. 
Zarafshon bo`yida 1501 yil aprelda bo`lgan og’ir jangda Bobur engilib 
Samarqandga chekinadi. Samarqandni qamal qilgan Shayboniyxon Boburga taklif 
qilgan haqoratli sulhga binoan Bobur Samarqandni tark etib, o`zga yurtlarga 
ketishga majbur bo`ldi. Bobur Kobulga borib 1504 yil hokimiyatni qo`lga kiritdi. 
Shayboniyxon 1510 yil halok bo`lgach, Bobur shoh Ismoil yordamida 
Movarounnahrni shayboniylardan qaytarib olish uchun kurash boshladi va 1511 yil 
kuzida Samarqandni uchinchi marta qo`lga kiritdi. Bobur Samarqandni egallagach 
noiloj islomning shia’ yo`nalishiga e’tiqod qiluvchi shoh Ismoilni oliy hukmdor 
deb e’lon qildi, bu Samarqand xalqining Boburdan yuz o`girishiga sabab bo`ldi. 
Chunki, Movarounnahr aholisi, Bobur va Shayboniylar ham islomning sunniylik 
yo`nalishiga e’tiqod qilganlar.
1512 yil aprel va noyabrda Shayboniyxonning ukasi Mahmud Sultonning 
o`g’li Ubaydulla Sulton bilan bo`lgan har ikki jangda Bobur mag’lub bo`ldi. Shoh 
Ismoilning Boburga yordam berish uchun yuborgan qo`shinini ham Shayboniylar 
noyabrda bo`lgan jangda mag’lub etdi. Bobur endi Movarounnahrdan tamoman 
umidini uzib yana Kobulga qaytib 1526 yilgacha idora qildi, so`ng Kobulni 
ikkinchi o`g’li Komronga qoldirib, o`zi Hindistonga yurish boshladi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling