Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Dashti Qipchoqdagi siyosiy ahvol. Muhammad Shayboniyxon
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muhammad Shayboniyxon
Dashti Qipchoqdagi siyosiy ahvol. Muhammad Shayboniyxon
«Dashti Qipchoq» deb ataluvchi geografik hudud XI asrdan boshlab arab va fors manbalarida tilga olinadi. Bu atama - Sirdaryoning yuqori oqimi va Tyanshanning g’arbidan Dnepr daryosining quyi oqimiga qadar cho`zilgan dashtlarga nisbatan ishlatilgan. Ural (Yoyiq) daryosi Dashti Qipchoqni sharqiy va g’arbiy qismlarga ajratib turgan. Bu hududlar rus manbalarida «Poloveslar eri» deb qayd etilgan, chunki ruslar Dashti Qipchoq aholisini poloveslar deb atashgan. Vizantiya manbalarida ular kumanlar, sharq manbalarida qipchoqlar deyilgan. Dashti Qipchoqning sharqiy qismi aholisi o`zbeklar deb atalgan. SHarqiy Dashti Qipchoqni Jo`jining beshinchi o`g’li Shaybon naslidan bo`lgan Abulxayrxon (1412-1468) egallab, 1428 yil davlatga asos soldi. Bu davlat «O`zbek ulusi» (XV asr 20-yillarida, o`zbeklar mamlakati) deb ham ataladi. U dastlab temuriylarga rasman qaram bo`lgan Xorazmga hujm qiladi. Abulxayrxon 1446 yil Sirdaryo o`rta oqimida joylashgan Sig’noq, Oqqo`rg’on, Arquq, O`zgan va Suzoq shaharlarini bosib oldi. Poytaxtini Turadan Sig’noqqa ko`chirdi. Bu temuriylarga qashi kurashga kirganligining tasdig’i edi. Samarqand taxti uchun kurash kuchaygan paytda Abulxayrxon bu vaziyatdan foydalandi. 1451 yil undan yordam so`ragan temuriy Abu Saidga Samarqand taxtini egallashda yordam berish bahonasida yurish boshladi. Abulxayrxon yordami evaziga katta o`ljalar bilan o`z yurtiga qaytadi. Abu Said Ulug’bekning qizi Robiya Sultonbegimni Abulxayrxonga xotnlikka beradi. Abulxayrxon keyin ham bir necha bor Movarounnahr ishlariga aralashib Movarounnahrda borgan sari o`z nufuzining ortishiga erisha olgan. Abulxayrxon 1468 yil vafot etgach, u tuzgan davlat parchalanib ketdi. 141 Muhammad Shayboniyxon Abulxayrxonning nabirasi bo`lib, uning SHohbudog’ Sulton ismli o`g’lining farzandi edi. Shohbudog’ning ikki o`g’li bo`lgan: Muhammad Shayboniy va Mahmud Sulton. Muhammad Shayboniy 1451 yil tug’ilgan. Abulxayrxon saroyida ham turkiylar odatiga ko`ra go`dakka 2 ta ism: islomiy (arab), turkiy ism qo`yish urf bo`lgan. Tug’ilganda Muhammad deb nom olgan Shayboniy o`zining ikkinchi nomi (Shayboniy) bilan mashhur bo`lgan. «Boburnoma»da Shayboniyning ismi Shoyboqxon deyilgan, bu nom «kuch- qudrat» degan ma’noni anglatadi. Yosh etim qolgan Muhammad Shayboniyni otasiga otaliq qilgan amir Boyshayx tarbiyalagan. Unga keyinchalik temuriy amirlardan bo`lgan Turkiston va O`tror hukmdori Muhammad Mazid Tarxon homiylik qildi. Shayboniy va ukasi Turkistonda uzoq yashamadi, keyin aka-uka Buxoroda yashab ilm-fan va sheriyatni o`rgandilar. Shayboniy balog’atga etgach ko`nglida bobosi Abulxayrxon davlatini tiklash orzusi jo`sh ura boshladi. U Dashti Qipchoqqa qaytib borib lashkar to`pladi. Shayboniy bobosi davlatini tiklash yo`lida haraktni o`z qo`shini bilan temuriylarga yollanma qo`shin lashkarboshisi sifatida xizmat qilishdan boshlagan. SHayboniyning xizmatidan Mo`g’uliston, Movarounnahr, Xuroson hukmdorlari qo`shnilariga va ichki raqiblariga qarshi kurashda foydalanganlar. Shayboniy turli hukmdorlarga xizmat qilishi tufayli Temuriylar davlatidagi vaziyatni bilib oldi. Shayboniy XV asrning 80-yillarida bobosi Abulxayrxon davlatini qayta tikladi. Shayboyiy egallagan Sirdaryo bo`ylaridagi qo`rg’onlar Movarounnahrni istilo qilishida tayanch vazifasini o`tadi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling