Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bobur – mutafakkir
Boburiylar saltanati. Bobur 1526 yil 21 aprelda Dehli hukmdori Ibrohim
Lodiy qo`shinlarini tor-mor keltirdi; natijada Bobur Shimoliy Hindistonni egalladi. Dehli shahrida 1526 yil 27 aprelda Bobur nomiga xutba o`qildi, shu tariqa 145 Hindistonda boburiylar sulolasiga asos solindi. Bobur podshoh Hindistonda bir- biriga dushman bo`lgan mayda mustaqil rojalarni qilich va siyosat yo`li bilan birlashtirdi va markazlashgan yirik saltanatni barpo etdi. Boburiylar saltanati 1858 yil Buyuk Britaniya Hindistonni to`liq bosib olguniga qadar hukm surdi. Rojalar - Hindistondagi mahalliy hukmdorlar. Hindistonda va chet ellarda boburiylarni «buyuk mo`g’ullar» deb atashgan, bu mutlaqo xato, Boburiylar yurtdoshimiz, temuriyzoda Boburning avlodlaridir. Boburiylar tarixiy hujjatlarda o`zlarini «boburiy mirzolar» deb yuritishgan. Boburiylarning mo`g’ullar deb xato aytilishiga evropaliklar Temuriylarni mo`g’ullardan tarqalgan deb noto`g’ri hisoblashlari sabab bo`lgan. So`nggi yillarda «buyuk mo`g’ullar» deb atalgan ibora o`rniga «boburiylar» iborasi qo`llanilishi bilan tarixiy haqiqat tiklandi. Bobur 1530 yil 26 dekabrda, 47 yoshida vafot etdi. U Agra shahrida, Jamna daryosi yonidagi «Bog’i Orom»ga dafn etilgan. Boburning vasiyatiga ko`ra uning jasadi Boburning o`zi obod qilgan Kobuldagi «Bog’i Kalon»ga ko`chiriladi, keyinchalik bu bog’ «Bog’i Bobur» deb ataldi. Bobur Temurdek bunyodkorlik ishlariga katta e’tibor bilan qaragan davlat arbobi edi. U dovyurakligi va jasurligi uchun yoshligidan «Bobur» (Sher) laqabini oladi. Bobir davlat ishlarini adolat bilan yuritgan, turli din va urf-odatlarni hurmat qilgan. Safdosh arboblardan kimki o`z vataniga qaytishni istasa ruxsat bergan va muruvvat ko`rsatgan. Bobur – mutafakkir. Bobur bilimga chanqoq davlat arbobi bo`lgani uchun ham bilim olishga intilganlarga otalarcha g’amxo`rlik qilgan. U olim, Alisher Navoiydan keyin turadigan shoir va bastakor edi. Bobur «Boburnoma», «Mubayyin» (bayon etilgan), «Turkiy devon» kabi asarlar yozgan. «Boburnoma» - Movarounnahr, Xuroson va Hindiston tarixini to`g’ri aks ettirgan asardir. «Boburnoma» xotira asarlar sirasiga kirib, 1493-1529 yillarda bo`lgan tarixiy voqealar haqida yilma-yil hikoya qiladi. Asarda ba’zi temuriyzodalarning birgalashib umumiy dushmanga qarshi kurashish o`rniga o`z dushmanlari bilan o`z manfaatlari yo`lida kelishishga qilgan harakatlari tanqid qilinadi. Bobur «Boburnoma»da Hindiston haqida: «Hindiston bizning viloyatlardan o`zgacha 146 olamdir. Tog’ va daryosi, jangal va sahrosi, eli va tili o`zgachadir. Aksar viloyati tuz erdan bo`libtur. Hindistonning bir aybi, oqar suvi yo`qtur» - deb yozgan. Boburning «Mubayyin» asari islom huquqshunosligi va islom dinining asoslari: namoz, zakot va haj ziyoratining mezonlariga bag’ishlangan. U “Xatti Boburiy” deb ataluvchi alifbo ham yaratgan. Bobur Mirzo - davlat arbobi, sarkarda, shoir va tarixchi olim edi. Bobur tavalludining 510 yilligi munosabati bilan 1993 yil Andijonda Bobur haykali o`rnatildi, ramziy qabr maqbarasi qurildi, «Bobur milliy bog’i» va «Bobur va jahon adabiyoti» muzeyi tashkil etildi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling