Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Adabiyot ham shayboniylar davrida rivojlanib, bu davr adabiyotida 
M.Shayboniyxon, uning jiyani Ubaydullaxon, K.Binoiy, M.Solih va Mushfiqiylar 
alohida o`rin tutadi. Umrini jangda o`tkazgan M.Shayboniyxon she’riyat bilan 
shug’ullanib, yuqori saviyali badiiy asar qoldirgan. Uning asarlari turli 
mamlakatlarga olib ketilgan, she’rlari to`plami bo`lmish “Devon”i Istambul 
kutubxonasida saqlanadi. Shayboniyxon she’rlarida Samarqandga, Buxoroni 
Ka’baga qiyoslaydi.
M.Shayboniyxonning jiyani Ubaydullaxon g’azal, ruboiy, qit’a va tuyuqlari 
bilan she’riyatga katta hissa qo`shgan. U «Ubaydiy», «Ubaydullo», «Qul Ubaydiy» 
taxalluslari bilan ijod qilgan. Ubaydullaxon fors va arab tillarini yaxshi bilgan va 
shu tillarda ijod qilgan o`zbek, fors va arab tillaridagi she’rlari 3 devonda 
to`plangan, keyinchalik ular bitta muqovaga jamlanib “Kulliyot” deb nomlangan. 


157 
Muhammad Solihning “Shayboniynoma” asari ayni paytda adabiy doston 
ham hisoblanib, yuksak badiiy saviyasi va tilining soddaligi bilan ajralib turadi. 
Abdullaxon II saroyida xizmat qilgan va “Malik ush-shuaro” unvoniga sazovor 
bo`lgan shoir Mushfiqiy o`z she’rlarida yuqori tabaqa vakillari adolatsizligini fosh 
etgan. 
Memorchilikda shayboniylar poytaxt Buxoro va uning atroflarini obod 
qilishga harakat qildi. XVI asrda shu davr muhandisligi, ma’naviyati va 
madaniyatiga mos binolar qurildi. Buxorodagi Mir Arab, Abdullaxon, 
Samarqandda qurilgan Shayboniyxon, Toshkentda qurilgan Baroqxon va 
Ko`kaldosh madrasalari me’morchilikning yorqin namunalaridir. Baroqxon 
madrasasini Suyunchxo`jaxonning o`g’li Baroqxon qurdirgan, gumbazining 
balandligi 22 metr, mustaqillik yillarida ta’mirlandi.
Mir Arab madrasasi 1530-1536 yillarda Shayx Abdulla (Mir Arab) 
tomonidan qurilgan, xarajatlarni Buxoro xoni Ubaydullaxon bergan. Madrasa 
ulkan peshtoqli, ikki yonida gumbazli darsxona, masjid va go`rxona bor. 
Go`rxonada Ubaydullaxon sag’anasi va Mir Arab hamda uning qarindoshlarining 
qabrlari bor. Madrasa buugungi kunda ham islom oliy diniy o`quv muassasasidir. 
Buxoroga kelgan Rossiya elchisi Antoniy Jenkinson: «Buxoro katta shahar
g’ishtlik va serhasham binolar ko`p. Hammomlar mohirlik bilan qurilgan, ularning 
misli dunyoda yo`qdir» deb yozgan. Abdullaxonning yurt obodonchiligi yo`lidagi 
sa’y-harakatlarini tarixchilar yuksak baholagan. Abdullaxon davrida markaziy 
hokimiyat kuchayishi tufayli katta qurilish ishlari amalga oshirilgan. 1000 dan 
ortiq: rabot va sardoba, madrasa, masjid, ko`prik, savdo markazlari va suv 
omborlari qurilgan.
Tayanch so`zlar: Shayboniyxon, Ko`chkinchixon, Mahmud Sulton
Abdullaxon. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling