Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


XVIII asr birinchi yarmida Buxoro xonligida


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

XVIII asr birinchi yarmida Buxoro xonligida 
siyosiy tarqoqlik 
Buxoro xonligi Ubaydullaxon II davrida. Subhonqulixon 1702 yil vafot 
etgach, taxtni o`g’li Ubaydullaxon II (1702-1711) egallaydi. U isyonkor 
qabilalarga, 
bo`ysunmas 
mahalliy 
hukmdorlarga 
va 
bostirib 
kirgan 
ko`chmanchilarga qarshi urush olib boradi. Ubaydullaxonning asosiy maqsadi 
siyosiy tarqoqlikni tugatishdan iborat edi, u ana shu maqsad yo`lida harakat qildi.
Ubaydullaxon dastlab Balxni bo`ysundirish yo`lini izladi. Subhonqulixon 
Balxni qatag’on qabilasi boshlig’i, Badaxshon hokimi Mahmudbiy otaliqqa 
alohida xizmatlari uchun tortiq qilgan edi. Mahbudbiy Balxda hokimiyatni to`la 
o`z qo`liga oladi va o`zini 1706 yil Xon deb e’lon qilib, tez orada Termizni ham 
egallaydi. Ubaydullaxon aval Termizni, 1707 yil Balxni egallagach, Mahmudbiy 
qochib ketadi. Ubaydullaxon Buxoroga qaytgach Balxni yana Mahmudbiy 
egallaydi. Ubaydullaxon uning mustaqilligini tan olishga majbur bo`ladi. 
Ubaydullaxon II davrida ichki ziddiyatlar yanada keskinlashdi. 
Buxoro tasarrufida bo`lgan Farg’ona vodiysi ham XVIII asr boshida ajralib 
chiqib, hokimiyat avval Chust yaqinidagi Chodak xo`jalari qo`liga o`tadi. 1710 yil 
ming urug’i boshlig’i Shohruhbiy hokimiyatni egallab, mustaqil Qo`qon xonligiga 
asos soladi. Mustaqillikka intilayotgan viloyat hokimlari Ubaydullaxonga qashi 
fitna uyushtiradi va u 1711 yil o`ldirildi. Parokandalikka qarshi, oliy hokimiyatni 
kuchaytirish va mamlakat birligini ta’minlash uchun kurashgan Ubaydullaxonning 
hukmronligi fojiali yakunlandi.
Ubaydullaxonning inisi Abulfayzxon (1711-1747) taxtga o`tqizildi. U fitna 
ishtirokchilarining 
hammasini 
mukofatladi 
va 
katta 
lavozimlar 
berdi. 
Ubaydullaxonning amaldorlari va yaqinlarining mol-mulki talandi va qatl etildi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling