Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Samarqand
Parokandalik kuchayishi. Abulfayzxon kuchayib borayotgan amirlar va
zodagonlar qo`lida qo`g’irchoq hukmdor edi. Abulfayzxonning farmonlari saroy ostonasidan nariga o`tmay qolganidan u «Registon (saroyning oldi) tinch bo`lsa bo`lgani» degan gapni doimo takrorlagan. Xon hokimiyati kuchsizlanishiga 162 muntazam qo`shinning yo`qligi ham sabab bo`lgan, muntazam qo`shin tuzishga mablag’ etmagan, chunki iqtisodiyot nochor bo`lgan. Xon zarur bo`lganda viloyatlardan qo`shin so`ragan, biroq viloyat hokimlari har doim ham buyruqqa itoat etmagan. Abulfayzxon davrida mang’it qabilasidan Muhammad Hakimbiy katta nufuzga ega bo`lib, barcha shahzodalar otaliqlarining boshlig’i deb tan olinishi boshqa qabilalar aslzodalarining qat’iy noroziligiga sabab bo`lgan. Shahrisabz hokimi, kenagas qabilasidan Ibrohimbiy Urgut va Miyonqol hokimlari bilan til biriktirib Buxorodan mustaqil, poytaxti Samarqand bo`lgan davlat tuzishga qaror qildi. Ibrohimbiy Kenagas 1723 yil Samarqandni egallab, kuyovi Rajab Sultonni taxtga o`tqazdi. Ibrohimbiy o`ziga «amir-ul umaro» (ulug’ amir) unvonini oldi. Ibrohimbiyning navbatdagi maqsadi Buxoro taxtini egallash, Rajab Sultonni Buxoro taxtiga o`tqazish va shu yo`l bilan xonlikning eng nufuzli kishisi bo`lish edi. Abulfayzxon siyosatidan norozi bo`lgan beklar Ibrohimbiyga qo`shildilar. Ibrohimbiy va Rajab Sultonlar kimki ularga qo`shilsa, g’alabadan so`ng boylik va amal ulashishni va’da qildilar. Ibrohimbiy katta qo`shin bilan Buxoroga yurish boshlaydi va jangda Muhammad Hakimbiy otaliq boshchiligidagi Buxoro qo`shinlari mag’lubiyatga uchraydi. Biroq Rajab Sulton Buxoro shahrini egallay olmaydi. Ibrohimbiy va Rajab Sulton oqibatini o`ylamay, katta o`ljalar va’da qilib ko`chmanchi qozoqlardan yordam so`raydi. Jung’or qalmoq ko`chmanchilaridan talofat ko`rib, ocharchilikka duchor bo`lgan qozoqlar bu taklifga rozi bo`ladilar. Qozoqlar 7 yil mobaynida Zarafshon va Qashqadaryo vohalariga yurishlar qilib, talab, xonavayron qiladilar. Buxoroda ham Samarqandda ham qozoqlarni to`xtatishga kuch topilmadi. Ichki nizolar avj olib, aholining noroziligi kuchaygach Abulfayzxon yaqinlarining talabi bilan Muhammad Hakimbiyni Buxorodan chiqarib yuborishga qaror qiladi. Muhammad Hakimbiy Qarshiga ketadi, biroq u Buxoroda hokimiyatni yana olish niyatidan qaytmagan edi. Abulfayzxon ko`ngilxushlikka berilib, davlat ishlarini nazorat qilmay qo`ydi. Markaziy hokimiyatning zaiflashuvi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling