Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ashtarxoniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot Davlat tizimi va boshqaruvi
Buxorodagi parokandalik oqibati Eronning Buxoroga hujum qilishiga
sharoit yaratdi. Eron shohi Nodirshoh Kavkaz, Hindiston, Usmonli turklar va Afg’onistonga zafarli yurishlardan so`ng, 1736 yil Buxoro xonligiga bostirib kirdi. Nodirshohning o`g’li Rizoqul qo`shinlari Amudaryodan o`tib ko`pgina hududlarni bosib oladi. Buxoro xoni Xiva xonidan yordam so`rashga majbur bo`ladi. Xiva xoni Elbarsxonning yordamga kelayotganidan xabar topgan Rizoqul qo`shini Nodirshoh buyrug’iga binoan qaytib ketadi. Nodirshoh 1740 yil Buxoroga ikkinchi marta hujum qildi. Buxoro xonligida muntazam qo`shinning yo`qligi, ichki nizolarni bartaraf etish bilan band bo`lgan Xiva xoni ham Buxoroga yordam bera olmaganligi Nodirshohning g’alabasini ta’minladi. Tayanch so`zlar: Parokandalik - mamlakat viloyatlarining markaziy hokimiyatga bo`ysunmasligi, siyosiy tarqoqlik. Miyonqol - Samarqand atrofidagi Qoradaryo va Oqdaryo oralig’idagi hudud, keyinchalik Samarqand va Xatirchi oralig’idagi erlar. Ashtarxoniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot Davlat tizimi va boshqaruvi jihatidan Ashtarxoniylar davrida o`z tuzilishi va mohiyatiga ko`ra shayboniylar davridan deyarli farq qilmas edi. Davlatning ichki va tashqi siyosatiga doir masalalar rasman oliy hokimiyat boshlig’i Xon ixtiyori bilan hal qilinardi. Markaziy va mahalliy hokimiyat boshqaruvida ham shayboniylar davrida amalda bo`lgan lavozimlar saqlanib qolsada, ayrim o`zgarishlar ham bo`lgan. Chunonchi, shayboniylar davrida devonbegi xondan keyingi shaxs bo`lgan bo`lsa, endi otaliq bunday martabaga ega bo`lgan. SHuningdek Ashtarxoniylar davrida saroy qutvoli davlat lavozimi joriy etilgan. U 164 davlat mablag’i hisobiga amalga oshiralidagan qurilish, suv inshootlari barpo etish va obodonchilik ishlarini boshqargan. Ma’muriy jihatdan Buxoro xonligi viloyatlarga, viloyatlar tumanlarga bo`lib boshqarilgan. Viloyat hokimlari xon tomonidan tayinlangan. Eng yuqori davlat lavozimlariga qudratli qabilalarning boshliqlari tayinlangan. Bu esa mazkur qabilalarning mavqeini yanada kuchaytirgan. Harbiy sohada doimiy qudratli harbiy qo`shin va markaziy harbiy qo`mondonlikning yo`qligi, qo`shin zamonaviy qurol bilan ta’minlanmaganligi Buxoro xonligining harbiy jihatdan o`ta zaiflashuviga olib keldi. Erga egalik qilishning ilgarigi asrlarda bo`lganidek Ashtarxoniylar davrida ham mulki sultoniy, xususiy mulk, mulki hurri xolis, vaqf erlari shakllari mavjud edi. Mulki sultoniy - davlat erlari hisoblanib, undan keladigan daromad xon xazinasiga tushgan. Davlat erlaridan o`sha joylarda yashagan dehqonlar foydalangan, ular erni ishlatib, olingan hosildan xiroj solig’i to`laganlar. Xon davlat tasarrufidagi erlarni, aholi yashaydigan qishloqlarni shahzodalar, yirik din peshvolari va sayyidlarga suyurg’ol shaklida in’om qilardi. Suyurg’ol qilingan katta er egalari xon xazinasiga soliq to`lamas edi. Harbiy qism boshliqlari, saroy amaldorlariga tanho shaklida in’om qilardi, bunday erlar tanhodorning xususiy mulki bo`lmagan, tanhodor o`sha erlarda ishlayotgan dehqonlardan soliq yig’ib olish huquqiga ega bo`lgan. «Mulki hurri xolis» - soliqlardan ozod qilingan mulklar bo`lib, Xon ayrim shaxslarga hukmdorga ko`rsatgan alohida xizmatlari uchun in’om etgan er- mulklardir. Vaqf mulklari - mulki sultoniy hisobidan diniy mahkamalarga berilgan bo`lib, bu erlar masjid, xonaqoh, qabristonlar mulki hisoblangan; vaqf mulkidan ham soliq olinmas edi. Barcha mulk shakllariga xos xususiyat - ularda ersiz kambag’al dehqonlar ijara hisobiga mehnat qilganlar. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling