Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Amirlik davlat tizimi va ma’muriy boshqaruvi


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Amirlik davlat tizimi va ma’muriy boshqaruvi. Buxoro davlat tizimiga 
ko`ra - monarxiya davlati bo`lib, davlat tepasida amir, ya’ni yakka mustabid 
hukmdor turgan. Hukmdor rasman cheklanmagan huquqqa ega bo`lib, butun 
hokimiyat uning qo`lida to`plangan. Hukmdor davlatni o`zi ishongan eng oliy 
toifadagi amaldorlar (arkoni davlat)ga tayanib idora qilgan. Hukmdor amalda 
davlatni boshqarishda eng nufuzli qabilalarning boshliqlari bilan hisoblashib ish 
tutgan.  
Ma’muriy jihatdan Buxoro amirligi: viloyatlarga va tumanlarga bo`lingan. 
Amirlik 40 viloyat va tumanliklardan iborat edi. Amirlikning er maydoni taxminan 
270 ming km
2
, aholisi 2 mln. atrofida bo`lgan. Aholisini o`zbeklar, tojiklar, 
turkmanlar, qolgan qismini qoraqalpoqlar, qozoqlar va boshqa xalqlar tashkil 
etgan.
Amir tayinlaydigan hokim boshqaradigan hudud viloyat deb atalgan. Eng 
quyi ma’muriy bo`linma - amlokdorlik (bir nechta qishloqlar birikmasi) deyilib, 
uni amlokdor boshqargan. Boshqaruvda qishloq oqsoqollari, amin va mirblarga 
tayangan. Amlokdor (mulk egasi) – hosilni hisoblash, soliq va tushumlarni 
muddatida yig’ilishi uchun mas’ul bo`lgan. Amin (ishonchli, halol odam)ning 
asosiy vazifasi - soliq va tushumlarni yig’ish, aholini nazorat qilish, suvni 
ekinlarga taqsimlash bo`lgan. Qishloq mirobi – suv inshootlarini ta’mirlanishi, 
qishloqlarga ajratilgan suvning ariqlar bo`yicha to`g’ri taqsimlanishini 
ta’minlagan. 


175 
YUqori davlat lavozimlari. Poytaxt Buxoro shahri va viloyatini qo`shbegi 
boshqargan. Xazina amirning mulki bo`lgan. Amirlik davlat muassasalari: 
ma’muriy, moliya, qozilik, mirshablik va harbiy idoralardan iborat bo`lgan, 
ularning har biriga tayinlangan amaldor rahbarlik qilgan. Buxoro amirligi saroyida 
30 ga yaqin amaldor xizmat qilgan. Mahalliy boshqaruv muassasalarida xizmat 
qiluvchilarning soni 30 ming atrofida bo`lgan. Vilotlarning beklari (hokimlari) xon 
tomonidan tayinlangan. Markaziy hokimiyatda yuqori martabali lavozimlar: 
devonbegi, ko`kaldosh, qo`shbegi, mushrif, mirshab, dodxoh, inoq, miroxur, 
dasturxonchi, kitobdor, parvonachi, sadr, shayxulislom, qozikolon, muftiy, 
muxtasib joriy etilgan.
Eng katta davlat lavozimi - qo`shbegi (vaziri buzruk), ya’ni bosh vazir 
lavozimi edi, u xon Arkida yashagan. Qo`shbegiga davlatning barcha boshqaruv 
idoralari bo`ysunar edi, ya’ni barcha ijroiya hokimiyat uning qo`lida edi. Viloyat 
va tuman hokimlari qo`shbegi tavsiyasiga binoan tayinlanar edi. 
Devonbegi xonlikning moliya-xazina ishlarini boshqargan, soliqlar 
undirilishi ustidan nazorat olib borgan. Mushrif - amaldorlar xonga in’om etgan 
buyumlarni va harbiy anjomlarni ro`yxatga olgan, soliq tushumlarini yozib borgan. 
Mirshab - tungi shahar soqchilari boshlig’i vazifasini bajargan. Inoqning vazifasi - 
amir farmoyishlarini beklardan boshqa tabaqaga etkazishdan iborat bo`lgan. 
Miroxur - amir otxonasining boshlig’i bo`lgan. Dasturxonchi - amir huzurida 
uyushtiriladigan ziyofatlar uchun mas’ul amaldor. Kitobdor - amir kutubxonasi 
boshlig’i. Parvonachi - harbiy qo`shin bosh sarkardasi.
Sadr - vaqf mulklarini boshqargan. Poytaxt qozisi (qozikolon) - 
«shariatpanoh» deb ham atalib, davlatning oliy qozisi (sudyasi), amir 
aralashmaydigan barcha qozilik ishlariga rahbarlik qiluvchi oliy davlat lavozimi. 
Muftiy - qozikolon murakkab deb hisoblagan diniy-huquqiy masalalar bo`yicha 
shariatga asoslanib, fatvo chiqaruvchi shaxs. SHuningdek, ko`kaldosh, dodxoh, 
otaliq, shayxulislom, muxtasib kabi lavozimlar ham bo`lgan. 


176 
Tayanch 
so`zlar
Muhammad 
Hakimbiy, 
Muhammad 
Rahimxon, 
Doniyolbiy, SHohmurod, Amir Haydar, Nasrulloxon. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling