Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
-§. Buxoro Amirligi tashkil topishi
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muhammad Rahim
- Muhammad Rahimbiy
- Muhammad Rahimbiy 1753 yil hokimiyatni to`la egalladi. Mang’itlar chingiziylar nasliga mansub bo`lmaganligi uchun o`zlarini Xon deb emas, Amir
3-§. Buxoro Amirligi tashkil topishi. Buxoroda mang’itlar sulolasi hukmronligi Buxoro mustaqilligini yo`qotishi. Buxoro Eron bosqiniga qarshi turolmagach, Abulfayzxon taslim bo`lish haqidagi shartnomani imzolash uchun Zarafshon daryosi bo`yiga - Nodirshoh huzuriga borishga majbur bo`ladi. Shartnomaga ko`ra Nodirshoh oliy hukmdor, Buxoro xonligi Eronga mute davlat deb tan olingan. Nodirshoh qo`shini uchun 8 yilga etadigan 200 ming xarvor bug’doy va arpa to`plab beriladi hamda Buxoro xonligi aholisidan 10 ming nafarli qo`shin to`plab Nodirshoh ixtiyoriga jo`natiladi. Bu qo`shinga Muhammad Hakimbiyning o`g’li Muhammad Rahim qo`mondon etib tayinlandi. Abulfayzxon Eronga qaram qo`g’irchoq hukmdorga aylanib, butun hokimiyat amalda qo`shbegi (bosh vazir) lavozimini egallagan Muhammad 170 Hakimbiy qo`lida to`plandi. Endi ashtarxoniylarning barham topishi muqarrar bo`lib qoldi. Xarvor - bir eshakka yuk bo`ladigan og’irlik o`lchovi. Muhammad Rahimbiy. Buxoroda ashtarxoniylar davrida mang’itlarning nufuzi baland edi. Bu qabila ashtarxoniylarga sadoqat bilan xizmat qildi. Muhammad Hakimbiy 1743 yil vafot etgach, uning o`g’li Muhammad Rahimbiy o`zining qo`shinidan foydalanib, otasi kabi alohida mavqega da’vogarlik qildi. So`nggi ashtarxoniy Abulfayzxon uni otasining o`rniga tayinlashga majbur bo`ldi. Nodirshoh 1747 yil o`ldirilgach, Eronda boshlangan ichki kurashlar Muhammad Rahimbiyning Buxoro taxtini egallashiga yo`l ochib berdi. Uning buyrug’i bilan 1747 yil Abulfayzxon ham o`ldirildi. Muhammad Rahimbiy taxtga Abulfayzxonning o`g’li Abdulmo`minni o`tqazdi (soxta xon) va o`ziga kuyov qilib oldi. Rahimbiy ko`p o`tmay – Abdulmo`minni, uning o`rniga o`tqizilgan soxta xonlarni ham qatl ettirdi. Aslzoda va ruhoniylarning qo`llab-quvvatlashi bilan Muhammad Rahimbiy 1753 yil hokimiyatni to`la egalladi. Mang’itlar chingiziylar nasliga mansub bo`lmaganligi uchun o`zlarini Xon deb emas, Amir deb ataganlar. Ular ayni paytda mintaqaning diniy hukmdori - Amir ul-mo`minin hisoblangan. Buxoroda 1753 yil hokimiyatga yangi sulola - mang’itlar sulolasi keldi va 1920 yilgacha hukmronlik qildi. Buxoro xonligi 1753 yildan Buxoro amirligi deb ataldi. Mang’it hukmdori Muhammad Rahimbiy mamlakatda o`zining mutlaq hukmdorligini o`rnatish va ichki boshboshdoqlikni tugatish siyosatini tutdi. Bunday siyosatdan ko`zlangan maqsad-markazlashgan davlatni tiklash edi. Muhammad Rahimbiy bu siyosatni ro`yobga chiqarishga qat’iy kirishib barcha mahalliy hukmdorlarni chorlab, o`zining asl maqsadini, o`z boshqaruv dasturini ma’lum qildi. Muhammad Rahimbiy mahalliy hukmdorlarga ichki nizo va urushlar mamlakatni xonavayron qilayotganligi, xo`jalik va savdo izdan chiqayotganligi, agar bu holat yana davom etsa davlat halokati muqarrar ekanligini alohida ta’kidladi. Muhammad Rahimbiy qaysi mahalliy hukmdor markaziy hokimiyatga bo`ysunmasa ayovsiz jazoga tortilishini ogohlantirdi. 171 Muhammad Rahimbiy mustaqillikni da’vo etib yurgan Miyonqol, Nurota, Qo`bodiyon, Boysun, Shahrisabz, Urgut bekliklarini 4 yil davomida bo`ysundirdi. Bo`ysunishni istamagan burqut, qipchoq, 7 urug’, bahrin, yuz, kenagas, saroy qabilalariga nisbatan ko`chirish siyosati yuritildi. Muhammad Rahimbiy yirik er egalarining davlatni boshqarish ishlarida shu vaqtgacha davom etib kelgan aralashuvlarini keskin kamaytirishga erishdi. Biroq barcha viloyatlarning markaziy hokimiyatni tan olishlariga to`la erisha olmadi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling