Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashqi savdo
Hunarmandchilik amirlik shaharlarining iqtisodiy hayotida muhim
ahamiyatga ega edi. Hunarmandchilikning asosiy turlaridan biri to`qimachilik bo`lgan. Buxoro olachasi, bo`zi, bo`zga gul bosish yo`li bilan tayyorlanadigan chiti, shoyisi, Samarqandning to`q qizil baxmali mashhur edi. Yigirilgan ipdan ro`mol, choyshab, salla to`qish keng tarqalgan. Hunarmandchilikning asosiy tarmoqlaridan yana biri temirchilik va miskarlik bo`lib, o`roq, pichoq, qurol yasashgan. Temirchilar oybolta, qilich, xanjar, nayza, qalqon, kamon va uning o`qini, to`plar yasagan. Hunarmandchilikning: zargarlik, kulolchilik, yog’ochsozlik sohalari muhim hisoblangan. Yog’ochdan: eshik, beshik, deraza, arava, sandiq, qayiq yasalgan. Yog’och o`ymakorligi alohida ahamiyatga ega edi, novdalardan savat to`qilgan. 180 Uy sharoitida namat, gilam to`qish, oshlangan charmdan egar-jabduq, ayllar, pichoq qinlari, hamyonlar tikish keng rivojlangan. Ichki savdo. Davlat hayotida iste’mol ehtiyojlari ishlab chiqarish ustun bo`lmadi. Bu esa yuqori mehnat unumdorligini ta’minlovchi yirik mashinalashgan ishlab chiqarishdan foydalanish ehtiyojini vujudga keltirmadi. Oddiy hunarmandchilik ishlab chiqarishi manufaktura ishlab chiqarishi darajasiga ko`tarilmadi. Shuning uchun ichki bozorda odatdagi hunarmandchilik va qishloq xo`jaligi mahsulotlari savdosi etakchi o`rin egallagan. Buxoro bozorida narx va tarozining to`g’riligi qattiq nazorat qilingan. Xaridor haqqiga xiyonat qilganlar qattiq jazolanib, yarim yalong’och holda aravada bozor ahliga sazoyi qilinib «Men shayton yo`liga kirib, xaridorni aldadim» deb jar solishga majbur etilgan. Buxoro bozorlari faqat xo`jalik vazifasini o`tamasdan, jamoat va madaniyat markazi vazifasini ham o`tagan. Xususan, bozorlarda hukmdorning farmonlari o`qib eshittirilgan, aybdorlar jazolangan, bayram kunlari turli tomoshalar ko`rsatilgan. Tashqi savdo aloqalarini Buxoro: Hindiston, Afg’oniston, Eron, Xitoy bilan olib borgan. Buxoro bu davlatlarga ip gazlamalar, baxmal, qog’oz, egar-jabduqlar, qurollar va mevalar chiqargan. Buxoroda hind savdogarlari va sudxo`rlari yashaydigan alohida mahallalar bo`lgan. Hind savdogarlari hind gazlamalari, bo`yoqlari, shifobaxsh va ziravor o`tlar, dori-darmonlar, qand-shakar bilan savdo qilgan. Buxoro chorvachilik mahsulotlari, tuyalar va hunarmandchilik buyumlari bilan ta’minlovchi qozoq aholisi bilan keng savdo olib borgan. Buxoro bozorlarida qozoqlarning mashhur bo`lgan xom teri, qo`y terisini turli ranglarga bo`yab tikkan kamzullari eng xaridorgir edi. Qozoqlar bilan savdo aloqalarida qoraqalpoqlar vositachilik qilgan. Buxoro bozorlariga turkmanlar zotdor otlar olib kelib sotganlar. Buxoro amirligining Rossiya bilan savdo aloqalari o`sib bordi. Orenburgda Buxoro savdogarlarining qarorgohi bo`lib, 1804 yil 20 xonadaon yashagan. 1825 yil 30 xonadon yashagan, ular Rossiya-Buxoro o`rtasidagi savdoda muhim o`rin 181 tutgan. Orenburgdagi buxoroliklar 1812 yil Napoleonga qarshi jangda ishtirok qilgan. Buxorodan chiqqan karvon 2 oyda Orskka etib borgan, savdo karvoni 5 ming tuyadan iborat bo`lgan. Buxoro xonligining O`rta Osiyo-Rossiya tashqi savdosidagi ulushi 1844 yil 25 % ni tashkil etgan, 1864 yil 42 % ga ko`tarilgan. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling