Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Xattotlik va miniatyura san’ati Buxoroda yaxshi rivojlanib, rassomlar 
asosan qo`lyozmalarni naqshli bezash bilan shug’ullanib, ko`proq diniy kitoblarni 
bezagan. Amir Haydar davrida ijod qilgan Mir Mas’um Olamiyon «Axloqi 
Muhsiniy» kitobini va Sa’diyning she’riy asarlarini rasm bilan bezagan. Amir 
Nasrulloxon davrida Mirzo Sodiq Jondoriy qo`lyozma kitoblarga lavhalar, Sa’diy 
va Hofiz asarlariga turmush manzaralari tasvirlangan rasmlar ishlagan.
Ahmad Donish (1827-1897) olim, faylasuf, shoir bo`lib, 20 yil Buxoro saroy 
kutubxonasida xattot va rassom bo`lib ishlagan. U astranomiya, tibbiyot, riyozat, 
me’morchilik, musiqa ilmini; xattotlik, rassomlik va rang berish san’atini 
o`rgangan edi. Ahmad Donish «Ajoyib at-tabaqot», «SHohi darvesh» qo`lyozma 
asarlarni ko`chirgan, bezagan va rasm ishlagan.
Musiqa san’ati markazlaridan biri bo`lgan Buxoroda XVIII asr oxirida 
Buxoro «Shashmaqomi» vujudga kelgan. U Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh, 
Iroq maqomlaridan hamda 250 dan ortiq kuy va ashuladan tashkil topgan. Maqom 
ashulalarining she’riy matni Rudakiy, Jomiy, Navoiy, Fuzuliy, Bedil, Bobur, 
Nodira, Mashrab kabi turkiy va forsiy shoirlarning lirikasidan tuzilgan. 
SHashmaqom og’zaki tarzda ustoz-shogird an’anasi shaklida avloddan-avlodga 
o`tib kelmoqda.


183 
Tayanch so`zlar va atamalar: Ark, Xurmo, Sarazm, Qozonariq, Toyman 
arig’i.
Maqom - musiqada bir qismli yoki turkumli cholg’u va ashula yo`llari; 
musiqiy uslub.
VIII-bob: Xiva xonligi XVI – XIX asr birinchi yarmida. 
1-§. Xiva xonligining tashkil topishi.
Xiva xonligida Shayboniylar hukmronligi. 
Xonlikning tashkil topishi. Shayboniyxon bosqini arafasida Xorazm 
Xuroson davlati tasarufida edi. Qo`ng’irot qabilasidan Chin So`fi hokim bo`lib, u 
rasman temuriy Husayn Boyqaro noibi hisoblanardi. Xorazmni 1505 yil 
Shayboniyxon, 1510 yil Eron shohi Ismoil bosib oldi. Xorazmda safaviylar 
hukmronligiga qarshi kurash boshlanadi. Xorazmning mo`’tabar zotlari taxtga 
Shaybon avlodlaridan Berka sultonning o`g’li Elbarsxonni o`tqazishga qaror qildi, 
u Dashti Qipchoqda edi. Berka Sulton va Shayboniyxon xonadonlari bir shajaradan 
bo`lsada, dushmanlik munosabatida edi. Muhammad Shayboniyxon 1480 yil taxt 
uchun kurashda Berka Sultonni o`ldirishi buning sabablaridan biri edi.
Xorazm xalqi Elbarsxon etakchiligida 1512 yil Eron qo`shinlarini butunlay 
quvib chiqarishga muvaffaq bo`ldi. Xorazm mustaqilligi tiklandi va bu yangi 
davlat 1512 yil Xiva xonligi deb atala boshlandi. Xiva xonligi asososchisi 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling