Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Buxoro Amirligida madaniyat 
Ashtarxoniylar davridan boshlab ijtimoiy-madaniy hayotga to`siq bo`lgan 
diniy muttassiblik Mang’itlar davrida yanada kuchaydi va birinchi navbatda aniq 
tabiiy fanlar rivojiga imkon bermadi. Diniy muttassiblik bu fanlardagi 
kashfiyotlarni Xudoga shak keltirish deb hisoblardi, shuning uchun uch xonlikda, 
jumladan Amirlikda ham aniq tabiiy fanlar rivojlanmadi. Bu darda asosan tarix
adabiyot, san’at va me’morchilik rivojlandi. 
Tarixchi Muhammad Ya’qub ibn Doniyol Buxoriy (1771-1831) XIX asr 
birinchi yarmida ijod qilib, «Gulshan ul-muluk» (Podshohlar gulshani) asarini 
yozgan. Bu asar ikki qismdan iborat bo`lib, birinchi qismida Buxoroning qadimgi 
tarixi va hukmdorlari shajarasi. Ikkinchi qismida Markaziy Osiyoning XVIII-XIX 
asr boshlaridagi tarixi bayon etilgan.
XIX asrda Mirzo Shams Buxoriyning «Bayoni ba’zi havodisoti Buxoro
Xo`qand va Qoshg’ar» (Buxoro, Qo`qon va Qashg’arning ayrim voqealari bayoni) 
kitobi, Mir Olim Buxoriyning “Fathnomayi sultoniy”, Muhammad Hakimxonning 
“Yilnomalar to`plami” asarlari muhim tarixiy manba hisoblanadi. 
Adabiyot sohasida XVIII asrda ijod qilgan o`ziga xos iste’dod egasi 
Muhammadniyoz Nishotiy edi. U o`rtacha, ba’zan kambag’al va sargordanlikda 
yashagan. Nishotiy 1778 yil o`zbek adabiyotining katta yutug’i sanalgan majoziy 
shaklda ajoyib «Xusni Dil» dostonini yozgan. Doston qahramonlari: Aql, Husn, 
Yurak, Xayol, Vafo, Nazar, Ishq g’oyat go`zal insoniy fazilatlarga ega. Raqib, 
Fasod, Nafs obrazlari yomon sifatlar va yovuzliklar timsoli.
Nishotiyning adabiy ijodidagi yana bir o`ziga xoslik adabiyotda munozara 
janri taraqqiyotiga katta hissa qo`shganligidir. Nishotiy «Qushlar munozarasi» 


182 
majmuasida o`sha davrga xos illatlar majoziy shaklda tanqid qilingan, mehnat 
ahlining kamtarligi ulug’langan. Asarda laylak, g’oz, bulbul, tovus, to`ti, xumo 
kabi 14 ta qush o`rtasida bo`lib o`tgan bahs tasvirlangan. Nishotiy qushlar bahsi 
orqali takabburlik, xudbinlik, maqtanchoqlik kabi illatlarni qoralagan.
Shoir Mujrim-Obid (1748-1818) asarlarida jamiyatdagi nomukammallik
ijtimoiy tengsizlik, adolatsizlik, odamlar fe’lidagi illatlar tanqid qilinadi. Buxoroda 
yana Shavqiy, Joniy, Hiromiy, Vola, Junaydulloh Hoziq kabi iste’dodli shoirlar 
ham ijod qilgan. O`z she’rlarida xalq boshiga tushgan kulfat va mashaqqatlarni 
kuylagan shoir Vola (1770-1842) ko`zi tug’ma ojiz, biroq kuchli iroda, aql, xotira, 
qobiliyat, yoqimli ovoz sohibi bo`lgan. U 2 ta devon tuzgan, 3 ming misra 
she’rlari etib kelgan.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling