192
kelgan. Muhammad Rahimxon I bunga javoban
Buxoroga Hasan Murod otaliq
boshchiligida elchilar va savdo karvonlarini yuborgan.
Ayni paytda bu ikki davlat manfaatlari Marv viloyatida to`qnash kelgan.
Marv O`rta Osiyo davlatlarini Eron bilan bog’lovchi savdo yo`lida joylashgan edi.
XIX asr birinchi yarmida bu ikki davlat o`rtasida bir necha bor o`zaro urushlar yuz
bergan. Muhammad Rahimxon I Marvni 1822 yil Buxorodan qaytarib olgan.
O`zaro urushlarga qaramay, savdo aloqalari to`xtab qolmagan.
Eron va qozoqlarning O`rta juz xonligidan 1812 yil Xiva xonligiga elchilar
kelishgan. Ular bilan chegara xavfsizligi va savdo masalalarida kelishildi. XIX asr
boshlarida
Afg’oniston va Xiva o`rtasida elchilik o`rnatilgan. Muhammad
Rahimxon I Afg’onistonda
shoh Mahmudning
ikkinchi marta hokimiyatga
kelishiga yordam bergan. Evaziga Afg’oniston Xiva xonligi savdogarlariga Kobul
bozorida erkin savdo qilish huquqini bergan.
Qo`qon xonligi bilan munosabatlarni Xiva xonligi mustahkamlashga harakat
qilgan. Xivaga 1843-1844 yy. Qo`qon xonligi elchilari kelishgan. Ikki davlat
o`rtasida hamdo`stlik o`rnatishga va o`zaro
savdo aloqalarini yanada
rivojlantirishga kelishildi.
Xiva xoni
Olloqulixon (1825-1842) chet el savdogarlariga qulay sharoit
yaratish uchun me’moriy obida, Karvonsaroy majmuasini bunyod ettirgan. Bu
majmua 14 gumbazli tim (yopiq bozor), karvonsaroy
va omborxonadan iborat
bo`lgan. Bozorda Hindiston, Xitoy, Eron, Rossiya, Buxoro va Qo`qondan
keltirilgan mollar sotilgan. Tim yozda savdo uchun qulay va salqin bo`lgan.
Karvonsaroy esa 2 qavatli bo`lib, 105 hujrali edi. Xiva xonligining anori, qovuni,
uzumi, nashvatisi, anjiri va o`rigi chet davlatlarda mashhur bo`lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: