Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Xiva xonligining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Xiva xonligining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti 
Aholisi. XIX asr 20-yillari boshlarida Xiva aholisi 800 ming kishini tashkil 
etgan. XIX asr o`rtalarida poytaxt Xiva shahrida 20 mingdan ortiq aholi yashagan. 
Hunarmandchilikning 50 dan ortiq turi rivoj topgan. 700 dan ortiq 
hunarmandchilik ustaxonasi, 200 dan ortiq savdo do`koni, 3 ta kata va 15 ta kichik 
bozorlar bo`lgan. Xonlik aholining katta qismini turli qabilalarga mansub o`zbeklar 
tashkil etgan, undan keyingi o`rinni turkman, qoraqalpoq va qozoqlar egallagan. 
Qabilalarning har biri o`zlariga ajratilgan erlarda joylashgan, har biri alohida 
kanalga ega bo`lib, kanali ham shu qabila nomi bilan atalgan, har bir qabila 
o`zlariga qarashli sug’orish inshootlarini tiklash va ta’mirlashda qatnashgan.
Davlat tuzumi va boshqaruv tizimi. Xiva xonligi ma’muriy jihatdan 15 ta 
viloyatga: Pitnak, Hazorasp, Xonqa, Urganch, Qo`shko`pir, G’azovot, Qiyot, 
Shohabbos, Toshhovuz, Ambar-Manoq, Gurlan, Ko`hna Urganch, Xo`jayli, 
Chumanoy, Qo`ng’irot va 2 ta noiblikka bo`lingan. Viloyatlar: shahar va masjid 
qavmlarini (qismlarni) o`z ichiga olgan. Masjid qavmlari obro`li oqsoqollar
qozilar va miroblar tomonidan boshqarilgan. Davlat boshlig’i – xon hokimiyati 
vakolati nasldan naslga o`tgan, xonlik mutlaq monarxiya edi. 
Muhammad Rahimxon I davrida davlat boshqaruv tizimida islohat 
o`tkazgan. Xon huzurida yuqori ma’muriy organ – Oliy Kengash ta’sis etilgan. U 
qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini bajargan. Oliy Kengashga xon 
rahbarlik qilgan, uning ishida xonning yaqin qarindoshlari, mehtar, qo`shbegi, 
devonbegi, naqib, shayxulislom, bosh qozi, inoq, otaliq va biylar qatnashgan. Oliy 
Kengash majlisi haftada bir marta o`tkazilgan va unda ichki va tashqi siyosatga oid 
eng muhim masalalar muhokama etilgan. Kundalik masalalarni hal etish uchun 
Kichik Kengash ham ta’sis etilgan. Uning ishida xondan tashqari mehtar
qo`shbegi, devonbegi, naqib va shayxulislom qatnashgan. 
Mehtar – bosh vazir hisoblanib, u xon safarda paytida xonlikni idora qilgan. 
Mehtar va qo`shbegi soliqlar yig’ilishiga javobgar bo`lgan. Xonlikda 3 ta devon 
(vazirlik): xo`jalik, ijtimoiy-siyosiy, harbiy ishlar bilan shug’ullanuvchi devonlar 


196 
faoliyat ko`rsatgan, unga devonbegi rahbarlik qilgan. Qo`shinga yasovulboshi 
qo`mondonlik qilgan. Xonlik tarkibidagi qozoq va qoraqalpoqlar o`z biylari 
tomonidan, turkmanlar esa ularning vakili tomonidan boshqarilgan, ularning 
lavozimi nasldan naslga meros bo`lib o`tsada, nomzodini xon tasdiqlashi shart 
bo`lgan. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling