Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Xiva xonligida shaharlar hayoti 
Shaharlar hayotida uzoq davom etgan tushkunlik holati XVIII asr oxiriga 
kelib barham topdi. XVIII asr ikkinchi yarmi - XIX asr boshida katta sug’orish 
inshootlarining tiklanishi va yangilarining bunyod etilishi ishlab chiqaruvchi 
kuchlarning o`sishiga asos bo`ldi. Bu hodisa shaharlarda hunarmandchilik, ichki va 
tashqi savdoning o`sishiga sabab bo`ldi. Bu davrda G’arbiy Evropa davlatlarida 
tub sifat o`zgarishlari davom etayotgan edi, B.Britaniyada boshlangan sanoat 
to`ntarishi Evropa davlatlariga ham yoyilib, XIX asr o`rtalarida nihoyasiga 
etayotgan edi va kapitalistik munosabatlar gurkirab rivojlanayotgan edi. Markaziy 
Osiyo xonliklarida, Xiva xonligida ham o`rta asr er egaligi munosabatlari hamon 
hukmron edi. 
Me’morchilik. XVIII asr oxirida Muhammad Amin davridan boshlab 
birmuncha siyosiy barqarorlik o`rnatildi. Xiva shahrining holatiga bu omil ijobiy 
ta’sir ko`rsatdi. Natijada Xiva shahrida 1782 yil qayta tiklash ishlari tugallandi. 
Qayta tiklash ishlaridan tashqari yangi obidalar ham qurildi. 1765 yil Sherg’ozixon 
va Muhammad Amin madrasalari bunyod etildi. XIX asr boshlarida Xiva xonligi 
poytaxti yirik qurilish maydoniga aylanib, karvonsaroy, usti yopiq bozor va 1834 
yil Olloqulixon madrasasi qurilishi tugallandi. Xiva shahri XIX asrda bir-biridan 
devor bilan ajralib turadigan ikki qismga bo`lingan. Ulardan biri Dishan qal’a - 
Tashqi shahar (qal’a) deb, ikkinchisi Ichan qal’a - Ichki shahar (qal’a) deb atalgan. 


198 
Sharqda shahrining ichki qismi, ya’ni markazi – Shahriston, tashqi qismi - Rabod 
deb atalgan.
Ichan qal’a - Markaziy Osiyodagi yirik va noyob me’moriy yodgorlikdir. 
Ichan qal’a Xiva shahrining ichki qal’a (Shahriston) qismidir. Ichan qal’a Dishan 
qal’adan devor bilan ajralib turadi, unga 4 ta: Bog’cha, Polvon, Tosh va Ota 
darvozalari orqali kirilgan. Ichan qal’ada Xorazm me’morchiligining ajoyib 
obidalari – madrasa, masjid, xon saroyi, ma’muriy binolar, bosh maydon va 
minoralar joylashgan. Muhammad Rahimxon, Olloqulixon va Muhammad Aminxon 
davrida Ichan qal’ada keng ko`lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi: saroy, 
madrasa, maqbaralar qurildi; Ko`hna arkdagi saroy qurilishi tugallandi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling