Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Xiva xonligi tarixi bo`yicha manbalar
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Abulg’oziy Bahodirxon
- Asfandiyorxon
Xiva xonligi tarixi bo`yicha manbalar
Arxiv hujjatlari va mahalliy tarixchilar asarlari. 1873 yil Rossiya bosib olgach Xiva xonlari arxivi hujjatlari Peterburgga olib ketilgan. XVII asrda yashagan Hasanbek Rumluning «Eng go`zal tarix» asari XVI asr birinchi yarmidagi Xiva tarixiga bag’ishlangan. Xiva xoni, tarixchi olim Abulg’oziy Bahodirxonning (1603-1664) «SHajarayi turk» asari juda ko`p tarixiy dalillar to`plangani bilan katta ahamiyatga ega. «SHajari turk» asarining 1512-1663 yillardagi Xiva ijtimoiy-siyosiy tarixiga, Xiva-Buxoro munosabatlariga oid 9-bobi tarix fani uchun katta ahamiyatga ega. «SHajarai turk» asari turkiy qabilalar shajarasi, xivaliklar, Abulg’ozining davlatni birlashtirish uchun kurashi haqida ma’lumot beradi. Munisning tarixiy asari «Firdavs ul-iqbol» 1806 yil Eltuzarxon topshirig’i bilan yozilgan. Asar Xivaning XVI asrdan 1812 yilgacha bo`lgan tarixini qamrab olgan. Munis vafot etgach xonlik tarixini yozishni Ogahiy davom ettirgan. Uning 200 tarixiy asari «Shohidi iqbol» deyilib 1812-1872 yilgacha bo`lgan tarixni aks ettiradi. Xudoyberdi Avaz Muhammadning 1831-1832 yillarda yozilgan «Dili g’aroyib» asari ham Xiva xonligi, uning shaharlari haqida muhim ma’lumotlar beradi. Asfandiyorxon topshirig’i bilan YUsufbek Bayoniy 1912 yil Xiva xonligining 1872-1911 yillardagi tarixini yaratgan. Rossiyalik mualliflar asarlari. 1725 yil Xivaga kelgan Rossiya elchisi Florio Benevini esdaliklarida ilmiy jihatdan muhim ma’lumotlar yozib qoldirilgan. 1793-1794 yy. Orenburgdan Xivaga taklif etilgan oftolmolog vrach Blankennagel yozib qoldirgan esdalik ma’lumotlar ham juda muhim. U xonning ko`zi ojiz bo`lib qolgan amakisini davolagan. Xivaga 1819 yil kelgan Rossiyaning elchisi Muravyovning «Esdaliklar»i Xiva to`g’risida qimmatli manbalar qatorida turadi. Unda qadimiy obidalar, davlat boshqaruvi tizimi, savdo va hunarmandchilik to`g’risida batafsil ma’lumotlar bor. «Esdaliklar» fransuz va nemis tillariga tarjima qilingan. Muallif o`zbek xalqiga «aql-idroki, suhbati yoqimli va o`tkir, matonatli, urf-odati oddiy, yolg’ondan nafratlanuvchi, harbiy ishda tolmaydigan jasur kishilar» - deb ta’rif bergan. Xiva va Rossiya o`rtasida 1842 yil «Majburiyatlar akti»ni imzolagan G.Danilevskiy o`zi bilan Xivaga kelgan R.Baziner bilan birgalikda «Xiva va xonlikning boshqa shaharlari, hishloqlari, savdo va sanoati» nomli asar yozgan. 1858 yil Xiva va Buxoroga yuborilgan diplomatik missiya rahbari N.Ignatevning esdaliklari ham Xiva tarixi bo`yicha muhim manba hisoblanadi. Sharqshunos N.Vasilevskiyning «O`zbeklar Xorazmda», «Inoqlar hukmdorligi», «Qo`ng’irotlar sulolasi» kabi asarlari Xiva xonligining XVI asr va undan keyingi asrlar tarixiga bag’ishlangan. Xiva va Rossiyaning XVIII-XIX asrlardagi o`zaro aloqalari sharqshunos S.Jukovskiyning «Rossiyaning keyingi 300 yilda Buxoro va Xiva bilan aloqasi» asarida o`z ifodasini topgan. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling