Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muhammad Amin Inoq
Qoraqalpoq va Xiva munosabatlari. Qoraqalpoqlarning asosiy qismi
notinch og’ir yillarda Xivaga chegara hududlarga, Amu va Sirdaryo oralig’idagi bo`sh erlarga, Yangidaryo va Quvondaryo bo`ylariga ko`chib kelib yashardilar. Tarixchilar Yangidaryoda yaratilgan ajoyib sug’orish inshootlari tizimiga qoraqalpoq xalqi mehnatining ulug’vorligi xotirasidir, deb baho berganlar. Qoraqalpoqlarning asta-sekin Orolbo`yi o`zbeklari bilan yaqinlashuvi yuz bergan. Orolbo`yi o`zbeklari esa Xiva xonligiga bo`ysunishni istamagan. Xiva xonligi Orolbo`yi o`zbeklari va qoraqalpoqlarni bo`ysundirishni maqsad qilgan va uzoq kurashlardan so`ng 1735 yil Orolbo`yi o`zbeklari va qoraqalpoqlar Xiva xonligini tan olishga majbur etildi. Ayrim qoraqalpoq qabilalari Muhammad Amin Inoq davrida ixtiyoriy Xiva fuqaroligiga o`ta boshlagan. Amudaryo, Quvondaryo va Orol dengizi atrofida 204 yashovchi qoraqalpoqlar 1809 yil Xiva xonligiga bo`ysundirildi. YAngidaryo (Janadaryo) atrofida yashovchi qoraqalpoqlar ham 1811 yil tobe etilgach, qoraqalpoqlarni Xiva xonligiga bo`ysundirish nihoyasiga etkazildi. Qoraqalpoqlar Orol va Quyi Sirdaryo bo`ylarida yashab kelgan qadimgi xalqlardan biri. Qoraqalpoq xalqi bijanaklar negizida VIII-XVI asrlarda shakllandi. Qoraqalpoq xonligi XVIII asr birinchi choragida Eshimxon etakchiligida tashkil topgan. Qoraqalpoqlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti Ijtimoiy ahvol. Qoraqalpoqlar ijtimoiy hayotida urug’chilik, qabilachilik munosabatlari, aholining tabaqalarga bo`linishi ancha kuchli edi. Urug’ yoki qabilaga biylar boshchilik qilgan. Harbiy qismlarni botirlar boshqargan. Aholi orasida ruhoniylar, shayxlar, xo`jalarning o`rni katta edi. Ovul - boshlang’ich ma’muriy bo`g’in bo`lib, ularga Oqsoqollar kengashi rahbarlik qilgan. Yana yuzboshi, mirobboshi, qozi, rais kabi ma’muriy mansablar ham bor edi. Mirob suv taqsimlovchi hisoblangan. Biylik lavozimiga ilgari urug’ yig’inlarida saylangan, qoraqalpoqlar Xivaga bo`ysundirilgach xon tomonidan tayinlanadigan bo`ldi, xon tomonidan tayinlangan biyga boshqa biylar bo`ysungan. Qo`ngirot va Chimboy shaharlari qoraqalpoqlarning bosh ma’muriy markaziga aylangan. Mulkiy tabaqalanish kuchayib borib, erga jamoa bo`lib egalik qilish barham topib, katta er egaligi tabaqasi vujudga keldi. Ko`plab chorvaga ega tabaqalar shakllanib, baliq ovlanadigan suv havzalarini ham alohida kishilar egallab olishi natijasida eri va chorvasi yo`q kambag’allar ko`payib, ular boylardan erni ijaraga olib ishlashga, chorva boqib kun kechirishga majbur bo`ldilar. Qoraqalpoqlar qadimdan dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanib kelganlar. «Qirq qiz» dostonida qoraqalpoqlarning erlar o`zlashtirib, suv inshootlari qurib, er haydab g’alla etishtirganligi, bog’lar yaratganligi haqida ma’lumotlar berilgan. Qoraqalpoqlar dehqonchilik, chorvachilik, baliqchilik, hunarmandchilik bilan shug’ullanib tirikchilik qilgan.. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling