Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Toshkent - Rossiya savdo munosabatlari


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Toshkent - Rossiya savdo munosabatlari XVIII asr oxiri - XIX asr 
boshlarida rivjlandi. Toshkentlik savdogarlar B.Ismoilov va Azizxoja 1786 yil Irbit 
yarmarkasiga borishgan. Troiskdan 1787 yil Toshkentga 27773 so`mlik rus va 
nemis movuti, qizil charm, gazmol, mis, baxmal keltirilgan. 24 kishidan iborat 
Toshkent savdo karvoni 1795 yil sentyabrda Semipalatinsk shahriga kelgani 
hujjatlarda qayd etilgan.
XVIII asrning 90-yillarida Rahmatulla karvonboshi rahbarligidagi Toshkent 
savdogarlari doimo Petropavlovskka qatnab turganlar. Toshkent-Rossiya elchilik 
munosabatlari rivojlanishiga Toshkentning qulay geografik holati ijobiy ta’sir 
ko`rsatgan. Yunusxoja 1792 yil Sibirga borgan Muhammadxoja va Azizxoja 
boshliq Toshkent savdo karvoni orqali Sibir ma’muriyatiga maktub jo`natadi va bu 
savdogarlarga Sibir ma’muriyati bilan muzokoralar olib borish vakolatini bergan 
edi. 
Yunusxojaning elchilariga javoban Sibir ma’muriyati 1794 yil Beznosikov 
va Burnashevlarni Toshkentga jo`natadi, biroq ular Buxorodan qaytib ketadi. Sibir 
ma’muriyati 1796 yil ikkinchi bor yuborgan elchilarni O`rta qozoq juzi Qorakesak 
bo`lusi sultoni Bukeyning o`g’li Eshim Sulton Toshkentga kuzatib keladi. 
Toshkent elchilari 1803 yil Sankt-Peterburgga borib imperator Aleksandr I 
qabulida bo`ladilar.


214 
Toshkent mustaqilligi tugatilishi. Toshkent-Qo`qon o`rtasida kurash 
muhiti hukm surib, Yunusxo`ja Qo`qon xonligida markaziy hokimiyatga 
bo`ysunishni istamagan bekliklar va viloyatlar bilan ittifoq tuzishga harakat qilgan. 
Qo`qon xoni Toshkentni butunlay bo`ysundirish yo`lini tutib, asosiy jang 1800 yil 
kuzida Sirdaryo bo`yidagi G’urumsaroy (Namangan) yaqinida bo`lgan. Toshkent 
qo`shini engilgan. Yunusxoja 1803 yil vafot etgach, o`g’li Sultonxo`ja taxtga 
o`tiradi. Qo`qon xoni Olimxon buni eshitgach, Toshkentga qo`shin yuboradi. 
Toshkent 1810 yil Qo`qonga qo`shib olinadi. Toshkent mustaqilligi butunlay 
barham topdi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling