215
Qo`qon qo`shini qozoq va qirg’izlarga muvaffaqiyatli yurish qilib Katta va
qisman Kichik juz o`rdalari bo`ysundirildi. Sirdaryo bo`yidagi YAngiqo`rg’on,
Julek, Qamishqo`rg’on, Oqmasjid, Qo`shqo`rg’on
istehkomlarini qurildi va
Turkiston shahrini o`z tasarrufiga oldi. Ular Markaziy Osiyoni Rossiya bilan
bog’lovchi muhim savdo yo`lida joylashgan edi.
Muhammad Alixon (1822-1841, Madalixon) Umarxonning o`g’li bo`lib,
uning davrida Qo`qon xonligi hududi ancha kengaydi. U Farg’ona janubida o`troq
tojiklar yashaydigan Qorategin, Darboz va Ko`lobni bo`ysundirdi. Madalixon
boshqaruvining so`ngi davrida u ko`ngli tusagan ishni qila berdi.
Otasi davridagi
obro`li a’yonlarni surgun va qatl qildi, ayrimlari Buxoroga qochdi. G’alayonlar
kuchayib, qolgan amaldorlar xonni taxtdan ag’darishga tayyorlandi. Ruhoniylar
xonni turli axloqsizlikda va shariatga qarshi jinoyatlarda ayblab, unga qarshi ochiq
targ’ibot olib borishdi.
Madalixon 1841 yil o`z ukasi
Sulton Mahmudxon foydasiga taxtdan voz
kechdi. Madalidan norozilar xonga qarshi ochiq kurashish uchun etarli kuchga ega
bo`lmagani sababli, o`z elchilarini Buxoroga
Amir Nasrullo huzuriga yuborib,
yordam so`radilar. Nasrullo qo`shini 1842 yil Qo`qonni bosib oldi.
Madalixon va
a’yonlari tutib olindi. Nasrullo buyrug’iga binoan Madalixon va onasi
Nodirabegim qatl etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: