216
hukmronligini o`tkazishga; o`zbek, qirg’iz va tojiklarning ta’sirini
kamaytirishga
urindilar. Qo`qonga ko`plab qipchoqlar ko`chib kelib mahalliy aholining uy-joyini,
mol-mulkini ola boshlagach qipchoqlarga nisbatan norozilik kuchaydi.
Musulmonqul 1845 yil soliqlarning og’irligidan O`shda ko`tarilgan
qo`zg’ollonni bostirish uchun yuborildi. Isfara hokimi 1845 yil Samarqandda
yashayotgan Olimxonning o`g’li
Murodxonni olib kelib taxtga o`tqazadi va
Sheralixon o`ldiriladi. Musulmonqul Namanganga kelib qizini Sheralining o`g’li
Namangan hokimi 13 yoshli
Xudoyorga
nikohlab berib, Murdxonni qatl ettirdi.
Musulmonqul kuyovi
Xudoyorni
Xon (1845) qilgach, qipchoqlar hukmronligi
boshlandi. Qipchoqlar Qo`qonga yoppasiga ko`chib kelib mahalliy aholini haydab
chiqardi va uylariga o`rnashib oldi. Davlat boshqaruvi Musulmonqulning qo`lida
edi.
Qipchoqlar sug’orish inshootlarini egallashi
va mahalliy aholi suv uchun
soliq to`lay boshlashi, mahalliy aholining qattiq noroziligiga sabab bo`ldi.
Qo`zg’olon xavfi tug’ilgach Musulmonqul rus qo`mondonligi vakili Vel’yaminov-
Zernov bilan maxfiy uchrashdi. Xudoyorxon bundan cho`chib
qaynotasi
Musulmonqul va qipchoqlar hukmronligiga barham berishga qaror qildi.
Xudoyorxon Toshkentdan chaqirilgan qo`shin bilan 1852 yil 9 oktyabrda
qipchoqlar qirg’inini uyushtirdi.
Musulmonqul qatl etildi, qipchoqlar mulki
musodara qilinib, aholiga sotildi.
Do'stlaringiz bilan baham: