Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Qo`qon xonligida iqtisodiy hayot 
Sun’iy sug’orish mahoratini Qo`qon xonligida aholi mukammal egallagan 
edi, suvdan oqilona foydalanardi. Xonlikda asosiy qishloq xo`jaligi ekini bug’doy 
edi. Shuningdek meva, sabzovot, poliz ekinlarining barcha turi etishtirilgan. 
Chorvachilikda makkajo`xori va beda etakchi o`rinda turgan.
Xonlikda paxtachilik alohida o`rin egallagan. Farg’ona vodiysida ko`pchilik 
dehqonlar paxtakor bo`lib, paxtachilik yildan yilga rivojlana bordi. Paxta ekin 
maydonlarining yanada kengayishiga Rossiyaning Markaziy Osiyodan, avvalo 


217 
Qo`qondan paxta sotib ola boshlashi sabab bo`ldi. Qo`qon savdogarlari Rossiyaga 
serqatnov bo`lib qolishining sababi paxta savdosiga boj bekor qilinishi edi.
Er egaligining: 1) Amlok erlari. 2) Xususiy mulk erlari. 3) Vaqf erlari kabi 
shakllari mavjud bo`lgan. Xonlikdagi butun er davlatniki bo`lib, xususiy er egalari 
erga emas, erdan olinadigan mahsulotga va shu erda qurilgan imoratlarga egalik 
qilgan. Mulklarning ko`pchiligi 30-60 sotix bo`lgan.
Erlar ishlov berish uchun dehqonlarga ijaraga berilar edi. Dehqonlar xon 
erlarida ham mehnat qilar edi. Xon erlarida ishlash uchun majburan safarbar 
etilganlar soni 10 mingga etardi, ular mardikor deb atalardi. Chorikorlar - xususiy 
erlarda hosilning 1/4 qismi uchun yollanib ishlovchi ersiz, ot-ulovsiz tabaqa. 
Korandalar - hosilning 1/4dan ½ qismigacha erlarni ijaraga olib, o`z mehnat 
qurollari bilan yollanib ishlovchilar.
Soliq va majburiyatlar. Asosiy soliq – xiroj, ekin turi va ekin ekiladigan er 
maydoniga qarab, hosilning 1/3-1/5 qismigacha belgilanar edi. Ko`chmanchi 
xalqlardan olinadigan zakotning turi ko`p bo`lib, asosiylari «qo`ra boshi», «tutun 
haqi», «yig’im soliq» deb atalgan. Ko`chmanchi chorvadorlardan «Qo`ra boshi» 
zakoti moli boshiga va qo`rasiga qarab qishda mollar qo`ralarda turganda yig’ib 
olingan. «Tutun haqi» zakoti bahorda yangi o`tloqlarga ko`chishdan oldin xonadon 
boshiga bittadan qo`y bilan olinadigan soliq (zakot). «Yig’im soliq» - zakot 
to`lamaydigan boylar va ularning qarindoshlari bekka beradigan 9 buyumdan 
iborat in’omlari yig’imi. 
Mehnatkash xalq deyarli hamma narsa uchun soliq to`lar edi. CHunki 
hamma qo`riq erlar, chakalakzorlar, to`qaylar, daraxtzorlar, ko`llar, yaylovlar 
xonning ixtiyorida edi. Aholi qal’a devorlarini ta’mirlash, istehkomlar qurish
kanallar qazish, ariqlarni tozalash, yo`l qurilishiga safarbar etilardi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling