Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Hunarmandchilikning Qo`qon xonligida: miskar, zargar, o`ymakor, kulol, 
qog’ozgar, to`qimachi, do`ppi tikuvchi, kashtachi, ko`priksoz, temirchi, novvoy, 
aravasoz, boxmalbof, bo`yrachi, dorikash, devorzan, degrez, ko`nchi, miltiqsoz, 
nayzagar, panjarasoz, pillakash, po`stindo`z, taqachi, paranjido`z, chevar, gilamchi 
kabi turlari bo`lgan.


218 
Oltin ma’dani Kosonsoy (Namangan)dan, Qoratog’ shimolidagi Ko`krev 
daryosidan, Chirchiq va Chotqol daryolari bo`ylaridan olingan. Samarqanddagi 
kabi qog’oz juvozxonasi Qo`qon shahrining Mo`yi muborak darvozasi orqasida 
maqbara yonida joylashgan. 
Savdo. Qo`qon shahrida yakshanba va chorshanba kunlari bozor bo`lgan. 
Qo`qon xonligining iqtisodiy hayotida Buxoro, Xiva xonliklari, Qashg’ar, 
Hindiston, Afg’oniston, Eron va ayniqsa Rossiya bilan savdo qilish katta o`rinni 
egallagan. Qoshg’ar bilan olib borilgan savdo faqat Qo`qon orqali bo`lar edi. 
Qo`qondan Qashg’argacha yuklangan ot karvoni 14-20 kun yo`l yurib, Qashg’arga 
temir, qizil charm, ipak va ipdan to`qilgan matolar, oltin olib borilgan. Qo`qon 
karvonsaroylarida Hindiston, Tibet, Qashg’ar, Buxoro, Afg’oniston, Rossiyadan 
olib kelingan mollar ayirboshlanardi.
Qo`qon xonligi shaharlari 
Qo`qon xonligidagi shaharlar bir-biridan aholisi, madrasa va masjidlarining 
soni, mahsulotining sifati bilan farq qilardi. U yoki bu shaharning ahamiyati uning 
strategik mavqei bilan belgilanardi. Katta shaharlarga xonning o`g’illari yoki yaqin 
qarindoshlari hokim etib tayinlanardi.
Qo`qon shahriga oid ma’lumotlar tarixiy manbalarda X asrdan boshlab 
uchraydi. Qo`qonning yoshi 2000 yildan ortiq bo`lib, ma’lumotlarda «Ho`qand», 
«Havoqand» degan nomlar bilan qayd etilgan. “Havoqand” - go`zal, yoqimli, 
xushmanzara, shamol shahri, degan ma’nolarni anglatadi. Qo`qonni mahalliy aholi 
“Ho`qandi latif” yoki “Qo`qon” deb ataganlar.
Qo`qon shahri XVIII - XIX asr birinchi yarmida Markaziy Osiyoning yirik 
shaharlaridan biri edi. Qo`qon shahri devor bilan o`ralib, ma’muriy jihatdan 12 
dahaga bo`lingani uchun 12 darvozali bo`lgan, shaharda 30 ming aholi yashagan. 
XIX asr o`rtalarida 38-100 ta xujrasi bo`lgan Madalixon, Norbo`tabiy, Jome, 
Hojim Oyim, Xoja dodxoh, Mingoyim madrasalari alohida ajralib turgan.


219 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling