218
Oltin ma’dani Kosonsoy (Namangan)dan, Qoratog’ shimolidagi Ko`krev
daryosidan, Chirchiq va Chotqol daryolari bo`ylaridan olingan.
Samarqanddagi
kabi qog’oz juvozxonasi Qo`qon shahrining Mo`yi muborak darvozasi orqasida
maqbara yonida joylashgan.
Savdo. Qo`qon shahrida yakshanba va chorshanba kunlari bozor bo`lgan.
Qo`qon xonligining
iqtisodiy hayotida Buxoro, Xiva xonliklari, Qashg’ar,
Hindiston, Afg’oniston, Eron va ayniqsa Rossiya bilan savdo qilish katta o`rinni
egallagan. Qoshg’ar bilan olib borilgan savdo faqat Qo`qon orqali bo`lar edi.
Qo`qondan Qashg’argacha yuklangan ot karvoni 14-20 kun yo`l yurib, Qashg’arga
temir,
qizil charm, ipak va ipdan to`qilgan matolar, oltin olib borilgan. Qo`qon
karvonsaroylarida Hindiston, Tibet, Qashg’ar, Buxoro, Afg’oniston,
Rossiyadan
olib kelingan mollar ayirboshlanardi.
Qo`qon xonligi shaharlari
Qo`qon xonligidagi shaharlar bir-biridan aholisi, madrasa va masjidlarining
soni, mahsulotining sifati bilan farq qilardi. U yoki bu shaharning ahamiyati uning
strategik mavqei bilan belgilanardi. Katta shaharlarga xonning o`g’illari yoki yaqin
qarindoshlari hokim etib tayinlanardi.
Qo`qon shahriga oid ma’lumotlar tarixiy
manbalarda X asrdan boshlab
uchraydi. Qo`qonning yoshi 2000 yildan ortiq bo`lib, ma’lumotlarda «Ho`qand»,
«Havoqand» degan nomlar bilan qayd etilgan. “Havoqand” - go`zal, yoqimli,
xushmanzara, shamol shahri, degan ma’nolarni anglatadi. Qo`qonni mahalliy aholi
“Ho`qandi latif” yoki “Qo`qon” deb ataganlar.
Qo`qon shahri XVIII - XIX asr birinchi yarmida Markaziy Osiyoning yirik
shaharlaridan biri edi. Qo`qon shahri devor bilan o`ralib, ma’muriy jihatdan 12
dahaga bo`lingani uchun 12 darvozali bo`lgan, shaharda 30 ming aholi yashagan.
XIX asr o`rtalarida 38-100 ta xujrasi bo`lgan Madalixon, Norbo`tabiy, Jome,
Hojim Oyim, Xoja dodxoh, Mingoyim madrasalari alohida ajralib turgan.