Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fazliy Namangoniy
Qo`qon xonligida madaniy hayot
Umarxon va madaniy muhit. Qo`qon, Marg’ilon, Andijon, Namangan, Toshkent shaharlari Qo`qon xonligining savdo-hunarmandchilik va madaniyat markazlari bo`lgan. Qo`qon shahrida 120 ta maktab, 40 ta madrasa va masjid, Marg’ilonda 80 ta maktab, 10 ta madrasa va masjid faoliyat yuritgan. XVIII - XIX asr birinchi yarmida bu erda ilm-ma’rifatda mashhur ijodkorlar etishib chiqdi. Qo`qon xoni Umarxon XIX asr boshlarida vujudga kelgan ilmiy-madaniy muhitning asoschisi, ma’rifatparvar hukmdor va shoir edi. Qo`qon ilmiy-madaniy muhitining rivojida Umarxonning umr yo`ldoshi, shoira Nodirabegimning ham hissasi katta bo`ldi. Umarxon Amiriy taxallusi bilan she’rlar yozgan, uning atrofida 70 dan ortiq shoir yig’ilgan. Amiriy o`zbek va fors tillarida ijod qilgan; g’azallar devoni 1882 yil Istambulda, 1905 yil Toshkentda chop etilgan. Fazliy Namangoniy Umarxon amri bilan 1821 yil 63 shoirning she’rlarini o`z ichiga olgan «Majmuayi shoiron» to`plamini tuzgan. 10 ming misradan ortiq 221 o`zbek, fors-tojik tilidagi g’azal, muxammas, tuyuq janrlaridagi she’rlar to`plangan devon yaratilgan. Maxmur (Mahmud, XVIII asr oxiri - 1844) Qo`qondagi Madrasai Mirda o`qigan, keyin qo`shinda sipohilik qilgan. Maxmurning hajviy she’rlar devonida 69 asar (3717 misra) jamlangan. Maxmur ijtimoiy hajviyani yuksak pog’onaga ko`taradi, hajviy asarlarida xalqqa jabr etkazgan amaldorlarni tanqid qiladi. «Hapalak» she’rida Hapalak qishlog’idagi manzarani aks ettirsada, aslida butun xonlikdagi manzarani ifoda etadi. Gulxaniy (Muhammad Sharif) 1770 y. Tojikistonning Tavildara tumanida tug’ilib, boshlang’ich ta’limni qishlog’ida olgan, u muhtojlik tufayli Namanganga kelib mardikorlik qilgan. Qo`qonda yashab hammomda go`lax (o`t yoquvchi) bo`lib ishlagani uchun «Gulxaniy» taxallusi bilan ijod qilgan. Gulxaniy o`zbek adabiyotida poeziyaga masalni mustaqil janr sifatida birinchi bo`lib kiritgan. Gulxaniyning «Zarbulmasal» asarida axloqiy-ta’limiy ahamiyatga ega «Maymun va Najjor», «Tuya bilan Bo`taloq», «Toshbaqa bilan Chayon» kabi masallar o`rin olgan. Asardagi Yapoloqqush va Boyo`g’li, Ko`rqush va Hudhud, Kulonkir sulton va Malik shohinlar obrazi orqali jamiyatdagi illatlarni, hukmron tabaqalarning xalqqa zulmini, xalqning og’ir turmushini ochib bergan. Uvaysiy, Jahon otin (1779-1845) Marg’ilonda ma’rifatli oilada tug’ilgan, otasi o`zbek va tojik tilida ijod qilgan; oiladagi muhit Uvaysiyda ijod qobiliyatini yuzaga chiqardi. Umarxon Marg’ilon hokimi bo`lib turgan yillarda (1806-1807) Uvaysiy el orasida shoira sifatida tanilgan edi. Uning iste’dodi Nodirani rom etgan. Umarxon taxtga o`tirgach, Uvaysiy Qo`qonga taklif etilgan, u yoshlarga murabbiylik qilgan. Uvaysiydan 4 ta lirik devon, 3 doston meros bo`lib qolgan. Nodira, Mohlaroyim (1792-1842) Andijonda tug’ilgan, otasi Andijon hokimi Rahmonqulibiy bo`lib, Olimxonning tog’asi edi. Umarxon Marg’ilonga hokim etib tayinlangach Nodiraga uylangan. Mohlaroyim o`zbek va tojik tillarida Nodira taxallusida 180 she’r jamlangan devon, Komila taxallusida 19 g’azal, Maknuna taxallusida 333 g’azaldan iborat devon yozgan. Nodira she’riyati asosini lirika tashkil etib, undan 10 ming misraga yaqin lirik adabiy meros qolgan. Nodira 222 Navoiy, Fuzuliy va Bedil g’azallariga muxammaslar yozgan. (Nodira o`z davrda ishlangan miniaturada tasvilangan) Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling