225
Markaziy Osiyo xonliklarining Afg’oniston bilan aloqalari. O`rta
Osiyo
davlatlarining eng yaqin qo`shnisi 1747 yil tashkil topgan mustaqil Afg’oniston
davlati edi. Buxoro va Afg’oniston o`rtasidagi munosabatlar do`stona ruhda
bo`lmagan. Bunga ikki davlat ham Amudaryo janubidagi o`zbeklarni o`z
tasarrufida tutushga urinishi sabab bo`lgan. Amudaryo janubidagi o`zbeklarning
erlarini bosib olish uchun 1751 yil Afg’oniston hukmdori
Ahmadshoh (1747-
1773) qo`shin yuboradi. Amudaryo janubidagi kichik o`zbek bekliklari o`zaro
urushlar tufayli zaiflashib Afg’oniston vassaliga aylanib qolgan. Balxni afg’on
garnizoni egallaydi va Ahmadshohning
noibi boshqaradi.
Mahalliy o`zbeklar 1768 yil afg’onlar zulmiga qarshi qo`zg’olon ko`targan,
qo`zg’olonchilarni Buxoro qo`llab-quvvatlaydi. Ahmadshohning o`zi
kelib
qo`zg’olonni bostiradi. Afg’onlar zulmiga qarshi o`zbeklar 1789 yil yana
qo`zg’olon ko`taradi. Buxoro yana qo`zg’olonchilarga amaliy yordam ko`rsatadi.
Afg’oniston hukmdori
Temurshoh (1773-1793) Balxga qo`shin tortadi.
Biroq
Buxoroga qarshi yurishga yuragi dov bermay sulh tuzadi. Temurshoh Buxoro bilan
shartnoma tuzishga majbur bo`ldi. Shartnomaga ko`ra
Amudaryo har ikki davlat
o`rtasidagi chegara deb tan olindi. Buxoro-Hindiston savdo aloqalarida Kobul
shahri alohida o`rin tutgan. Afg’onistonga Rossiya tovarlari
Buxoro orqali olib
borilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: