Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
O`zbek xonliklari va Rossiya imperiyasi munosabatlari
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- XVII asrda elchilik munosabatlari
- Rossiya imperiyasi tazyiqi kuchayishi
- Shohniyoz , 1709 yil taxt vorisi Muhammad
O`zbek xonliklari va Rossiya imperiyasi munosabatlari
Savdo aloqalari. Rus va Markaziy Osiyo savdogarlari uzoq zamonlarda Volgabo`yi orqali savdo qilishgan. XVI asrda yirik davlatlar dunyoni bo`lib ola boshlagan davrda Rossiya Qozon, Astraxan, Sibir xonliklarini zabt etgach Rossiya va o`zbek xonliklari bir-biriga qo`shni bo`lib qoladi. Bu hodisa Rossiya va o`zbek xonliklari munosabatlarini yanada rivojlantirishga imkoniyat yaratdi. Markaziy Osiyoning savdo-hunarmandchilik doiralari Rossiya bilan savdoni rivojlantirdi. Chunki Rossiyada ipak, paxtadan to`qilgan matolarga talab katta edi. Rossiyaning movut, temir, mis, mo`yna, charm va boshqa mollari Markaziy Osiyoda xaridorgir edi. XVII asrda elchilik munosabatlari. Buxoro xoni Imomqulixonning elchisi Odambiy 1619 yil Moskvaga boradi va podsho Mixail Romonov qabulida 227 bo`ladi. Mixail Romonov Odambiy bilan birgalikda Buxoroga Ivan Xoxlov boshchiligida elchilarni yuboradi. Xoxlovni Imomqulixon qabul qiladi. Rus podshosi iltimosiga binoan o`z saroyidagi 23 nafar rus asirlarini ozod qiladi. I.Xoxlov Buxoroda 1620-1622 yy. bo`lib, Buxoroning ichki va tashqi siyosati haqida ma’lumotlar to`playdi. U qimmatli sovg’alar bilan Moskvaga kuzatiladi. XVI-XVII asrlarda Buxoro va Xiva xonliklariga Rossiyadan 12 marta elchilar kelishgan. Moskvada 1583-1600 yillarda Buxoro elchilari 5 marta, Xiva elchilari 2 marta bo`lishgan. Rossiya imperiyasi tazyiqi kuchayishi. XVIII asrdan Rossiyaning o`zbek xonliklari bilan munosabatlarida tazyiq o`tkazish ustunlik qila boshlaydi. Rossiyaning savdo aloqalarida kamsitish siyosatining boshlanganligi, tabiiy boyliklarga ko`z olaytirish, strategik maqsadlarni ro`yobga chiqarish kayfiyati ustun bo`la boshladi. Pyotr I Xiva va Buxoro xonliklari siyosiy jihatdan Rossiyaga teng davlatlar emas, deb hisoblab tazyiq o`tkaza boshladi. Xonliklardagi ichki siyosiy ahvol hamda 1700 yil Xiva xoni Shohniyoz, 1709 yil taxt vorisi Muhammad Xivani Rossiya tobeligiga qabul qilishni so`rashi, Pyotr I amalda xonliklarga tazyiq o`tkaza boshlashiga qulay sharoit yaratib bergan edi. Pyotr I Xiva xoniga jo`natgan yorlig’ida: “SHohona muruvvat ko`rsatib, xonning jamiki narsalari bilan birga, abadiy tobeligimizga olamiz” deb yozilgan edi. Pyotr I ning niyati amalga oshmay qolishiga Xivada boshlangan ichki urushlar va Rossiyaning «SHimoliy urush» bilan bandligi sabab bo`ldi. Amudaryo sohilidagi qumlar oltinga boyligini Xiva elchisi Xoja Nafas 1713 yil Astraxanga kelganda rus ma’murlariga, Sankt-Peterburgga borgach podsho Pyotr I ga aytadi. Pyotr I o`zbek xonliklariga kirib borish rejasini tuzib, 2 ta harbiy ekspedisiya: 1) Aleksandr Bekovich-Cherkasskiy rahbarligida; 2) kapitan Ivan Buxgol’s rahbarligida tashkil etadi. Bekovich-Cherkasskiy harbiy ekspedisiyasi katta qo`shin bilan 1717 yil Xiva xonligi hududiga etib keladi, harbiy to`qnashuvlar bo`ladi, Sherg’ozixon A.Cherkasskiyni qabul qiladi va qirib tashlaydi. 228 Pyotr I uyushtirgan ekspedisiyaning halokati Xiva-Rossiya munosabatlarini keskinlashtirib yubordi. Buxgol’s ekspedisiyasi 1715 yil Toboldan Irtish bo`ylab Yorkentga yo`l oladi, Yamishchev ko`lida bo`lib, u erda istehkom quradi. Buxgols guruhi qalmoqlar hujumiga uchrab, orqaga chekinishga majbur bo`ladi. Buxoro xoni Abulfayzxon Pyotr I ni shvedlar ustidan g’alabasi bilan qutlab 1717 yil elchi Qulibekni Pyotr I huzuriga yuborgan va Buxoroga elchi yuborishni so`ragan. Pyotr I bunga javobon 1721 yil F.Beneveni elchi qilib jo`natadi. Unga: SHarqqa boradigan suv va quruqlik yo`llarini o`rganish, rus savdosini kengaytirish, Buxoroni Rossiya bilan ittifoq tuzishga va rus gvardiyachilarini taklif qilishga ko`ndirish, qaerda oltin borligini aniqlab xaritaga tushirish, qal’a va qo`shini, ichki va tashqi ahvolni, Buxoroning Eron va Xiva bilan munosabatini aniqlash vazifasi yuklatilgan. F.Beneveni Buxoroda to`plagan ma’lumotlarni Sankt-Peterburgga ochiq va shifrlangan xat orqali jo`natib turdi, u Buxoroda 3,5 yil turdi va 1725 yil Peterburgga qaytib keldi. Qozoqlarning Kichik, O`rta, Katta juz sultonlari o`rtasida XVIII asr birinchi choragida o`zaro kurash kuchaydi. Natijada nochor ahvolga tushib, tashqaridan yordam so`radi. Kichik juz sultoni Abulxayr Rossiya tobeligiga o`tish istagini bildirib 1730 yil elchi jo`natadi. 1732 yil Kichik juz, 1739-1740 yy. Semekexon boshchiligidagi O`rta juz, 1747 yil Katta juz Rossiya tobeligiga o`tadi. Qozoq juzlarining Rossiya tobeligiga o`tishi natijasida Rossiya uchun Markaziy Osiyoni o`z ta’siriga bo`ysundirish yo`lida qulay imkoniyat yuzaga keladi. Senat kotibi I.Kirillov boshchiligida 1734 yil harbiy guruh tayinlanadi. U «Orol dengizida Rossiya bayrog’ini ko`tarish», «Buxoro va Hindistonga» boradigan yo`lni ochishi, oltin konlarini izlashni davom ettirishi lozim edi. Kirillov guruhi 1735 yil Or daryosi bo`yida Or qal’asini (keyinchalik Orenburg shahri vujudga keladi), Yoyiq va Irtish sohili (Sibir)da istehkomlar qurdi. Rossiya savdo-iqtisodiy aloqalarida Markaziy Osiyo xonliklarining ahamiyati XVIII asr ikkinchi yarmidan yanada ortishiga: 1) Rossiyada rivojlanayotgan sanoat uchun xomashyo manbalari topishga intilish. 2) Osiyoda, xususan Hindistonda Angliya ta’sirining kuchayishi sabab bo`lgan. 229 XVIII asr oxiri XIX asr boshida rus sarmoyasi Markaziy Osiyo bozorida etakchi o`rinni egalladi. Ingliz mollari Rossiya orqali olib kelinar edi. Nijegorod yarmarkasida Rus savdogarlaridan tashqari o`zbek xonliklari, Eron va Hindistondan kelgan savdogarlar ham qatnashgan. XIX asr boshlarida Rossiya o`zbek savdogarlari uchun katta imkoniyat yaratdi: ba’zi cheklashlar bekor qilindi, Rossiyaning ichki shaharlarida ham savdo qiladigan bo`lishdi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling