Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Qo`qon va Xitoy munosabatlari do`stona emas edi: 1) Sin imperiyasi 
1755-1759 yillarda Sharqiy Turkistonni bo`ysundirib Qo`qonni kuchsizlantirishga 
urinardi; 2) Qo`qon xonligi Sharqiy Turkistonda o`z hokimiyatini o`rnatishga 
intilib, chegarasini kengaytirayotgan edi. Ayniqsa XIX asr 20-yillarida Qo`qon-
Xitoy munosabatlari yanada keskinlashuviga, sharqiy turkistonliklarning 
Jahongirxo`ja boshchiligida 1825 yil Sin imperiyasiga qarshi milliy ozodlik 
kurashiga Qo`qon xon Muhammad Alixonning aralashuvi sabab bo`ldi.
Xitoy 1829 yil Qo`qonning Sharqiy Turkistonda savdo qilishini taqiqladi, 
markaziy osiyolik savdogarlarni haydab, mulklarini musodara qildi. Qo`qon xoni 
Muhammad Alixon bunga javoban sharqiy turkistonliklarning Xitoyga qarshi 
ozodlik kurashi rahbari Jahongirxo`ja va uning ukasi Yusufxo`ja ixtiyoriga Haqquli 


226 
boshchiligida qo`shin jo`natdi. Yusufxo`ja Qashg’arni egallab, Yorkentni egallash 
uchun harbiy harakatni davom ettiradi. Xitoy hukumati tashvishga tushib 
Yusufxo`jaga qarshi katta qo`shin yuboradi. Qo`zg’olonchilar safida birlik yo`qligi 
hamda Qo`qon-Buxoro munosabatlari yomonlashib Qo`qon o`z qo`shinini chaqirib 
olishi tufayli Yusufxo`ja mag’lubiyatga uchraydi. Yusufxo`ja engilgach Sharqiy 
Turkistonni tashlab chiqib Farg’ona vodiysiga keladi, u bilan 70 ming uyg’ur oilasi 
ham ko`chib keladi.
Qo`qon o`z chegaralarini Sharqiy Turkiston tomon kengaytirish siyosatini 
davom ettirdi. Sin imperiyasi moliyaviy qiyinchilik tufayli Qo`qonga qarshi ochiq 
urush olib borishga qodir emas edi. Xitoy-Qo`qon shartnomasi 1832 yil Pekinda 
imzolangan. Unga ko`ra Qo`qon Jahongirxo`ja avlodlarini Sharqiy Turkistonga 
o`tkazmaslik majburiyatini olgan. Shartnomaga ko`ra Xitoy Sharqiy Turkistonda 
qo`qonlik savdogarlarga huquqlar bergan: 1) ular faoliyatini taqiqlashni bekor 
qilgan. 2) boj to`lamasdan savdo qilish huquqi berilgan. 3) ulardan tortib olingan 
mol-mulklari evaziga Qo`qon xoniga tovon to`lagan. 4) o`rta osiyolik savdogarlar 
to`laydigan to`lovlarni olish huquqi Qo`qon xonligiga berilgan. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling