Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Chorvachilik bilan shug’ullanuvchi tumanlarda hisori va qorako`l qo`ylar 
ko`plab boqilib, qoraqalpoqlarda qoramol, turkman ovullarida qo`y, tuya, yilqi, 


238 
boqish katta o`rin tutgan. Ko`chmanchi qabilalarda ayollar jundan namat 
tayyorlagan, arqon, qalpoq, gilam va palos to`qigan.
Shaharlar - Sherobod, Kattaqo`rg’on, Namangan, Yangi Urganch shaharlari 
XIX asrda hududiy va aholi nufuzi jihatdan ancha kengaydi. Buxoro amirligidagi 
Qarshi shahrining ahamiyati orta bordi. XIX asr o`rtalarida Buxoro shahrining 
mavqei oshdi, shaharda: 38 ta karvonsaroy, 9 ta tim, 16 ta hammom, 45 ta bozor 
bo`lgan. G’ijduvon shahrida qo`y va mollar suruv-suruv holda oldi-sotdi qilingan. 
Kattaqo`rg’on bozoriga Shahrisabz va Qarshidan qo`y podalari keltirib sotilar edi.
Qo`qon xonligida Qo`qon va Toshkentdan tashqari hunarmandchilik, savdo 
va madaniy ahamiyatga ega bo`lgan Andijon, Namangan, Marg’ilon, Xo`jand, 
Chimkent, Xavos, Zomin, O`ratepa shaharlari nufuzi o`sib bordi. Aholisi 100 
mingga yaqin bo`lgan Toshkent O`rta Osiyodagi yirik shaharlardan hisoblanib, 310 
masjid, 15 ta karvonsaroy, 11 ta katta hammom, 5 ta yirik bozor bo`lgan.
Xiva xonligida XIX asrga kelib Yangi Urganch shahrining savdo tarmoqlari 
rivojlanib, bu shahardan karvonlar Rossiya, Buxoro. Eronga jo`nab ketardi. 
Xazorasp, Shohobod, Qo`ng’irot, Xo`jayli, ko`hna Urganch, Toshhovuz, Gurlan, 
Xonqa shaharlarida hunarmandchilik, tijorat avj olib bozorlarida qozoq, turkman, 
qoraqalpoq va fors savdogarlari savdo qilgan.
Tog’-kon sanoatida yangi texnika xonliklarda amaliyotga joriy qilinmay, 
Evropadan orqada edi. Rangli metallar: oltin Qorategin va Farg’onadan; 
qo`rg’oshin va kumush O`ratepa, Andijon, Buxoro, Shayxjalil tog’lari, 
Qo`xandaryo vodiysidan; mis Qoratov, Ohangoron va Shayxjalil tog’laridan qazib 
olingan. O`q-dori uchun xom-ashyo Qarshi viloyati, ko`hna Urganch, Jumabozor, 
O`ratepa va Chinoz hududidagi konlardan olinar edi. Qo`qon xonligida oz 
miqdorda neft qayta ishlangan. Uch xonlikda ham misdan to`p quyilgan.
Xonliklardagi bozorlarda maxsus nazoratchilar xaridor haqiga xiyonat qilgan 
sotuvchilarga bozorning o`zida jazo berib, yarim yalong’och holda «Men shayton 
yo`liga kirib, xaridorni aldadim» - deb, qichqirishga majbur bo`lgan. Tashqi savdo 
Rossiya imperiyasi bilan alohida ahamiyatga ega edi. Sotiladigan buyumlarning 


239 
asosiy ko`pchiligi qadimdagidek qishloq xo`jalik, hunarmandchilik buyumlaridan 
iborat edi.
Chet mamlakatlarga diplomatik yozishmalar savdo karvoniga qo`shib 
jo`natilgan. Chor Rossiyaga xonliklardan paxta, ipak, teri, jun, meva, turshak, 
qandolat maxsulotlari yuborilgan. Rossiya imperiyasidan metall buyumlar
to`qimachilik buyumlari keltirilgan. Rus savdogarlariga bemalol xonliklarda erkin 
savdo qilishlariga sharoit yaratib berilgan.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling