Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Toshkent bosib olinishi 
Toshkentga dastlabki hujum. O`rta Osiyoning «yuragi» hisoblangan 
Toshkentni bosib olish Rossiyaning maqsadiga aylandi. Toshkent atrofi uzunligi 
25 chaqirim, balandligi 5-7 metr, kengligi 2 metr devor bilan o`ralgan. Devorining 
12 ta darvozasi bo`lgan: Qo`qon, Qashqar, Labzak, Taxtapul, Qorasaroy, Sag’bon, 


250 
Chig’atoy, Ko`kcha, Kamolon, Samarqand, Beshog’och, Kaymos. Toshkent ichida 
10 ming sarboz sig’adigan qal’aning o`rtasida shahar hokimi saroyi bo`lib, saroy 
Qo`qon o`rdasi deyilgan. Shahar 4 ta dahaga bo`lingan: Sebzor, Beshog’och, 
Ko`kcha, Shayx Hovan Tohur. Shayx Hovan Tohur dahasida 48 mahallada har xil 
hunarmandchilik ustaxonalari bo`lgan. Toshkent shahri aholi nufuzi 200 ming 
kishini tashkil qilib, 189 machit, 10 madrasa mavjud bo`lgan.
Rossiya hukumati «Toshkent masalasi»ni 1863 yil 9 martda maxsus 
kengashda muhokama qilib, G’arbiy Sibir’ gen-gubernatori Dyugamelga harbiy 
josuslik bilan o`rganish topshirildi. Chernyaev Toshkentni bosib olishga shoshilib 
1864 yil 1 oktyabrda Darvishak qopqoga etib kelib, Oqqo`rg’on orqali Toshkentga 
yaqinlashdi. U 1864 yil 2 oktyabrda Toshkentga birinchi hujumni boshladi, Obux 
va Lerxe qo`shini ham hujumga o`tdi. Chernyaev engilib Chimkentga qaytib ketadi 
va qishni tayyorgarlik ko`rish bilan o`tkazadi. Tarixchi Muhammad Solih 
Toshkandiy shahar mudofaasi va mudarris-talabalar hammani g’azotga chorlagani 
haqida bayon qilgan.
Chernyaev 1865 yil 3 fevralda Rossiya harbiy vaziridan olgan telegrammada 
harbiy kuchlar etib borguncha hech qanday tadbir ko`rmaslik aytilgan. Rus 
podshosi ko`rsatmasidan so`ng Sirdaryo va Yangiqo`rg’on yo`nalishidagi harbiy 
qismlar birlashtirildi. Ruslar bosib olgan hududlarda Turkiston viloyati tashkil 
qilinib, uni idora qilish general Chernyaev zimmasiga yuklandi.
Sibir’ va Orenburgdan yangi kuchlar kelgach Chernyaev 1865 yil 28 aprelda 
Niyozbek qal’asini bosib olishga buyruq beradi. Niyozbek qal’asini bosib olish 
fikri Abduraxmonbek va Saidazim kabi Ruslarga sotilgan xoinlardan chiqdi. 
Sotqin Abdurahmonbek maslahati bilan Chernyaev Chirchiq daryosi tug’yonini 
buzib tashladi. Toshkentni bosib olishga doir josuslik ma’lumotlarini xoin 
Muhammad Soatboy Chernyaevga etkazib berdi. Tarixchi Muhammad Solih 
Toshkandiy o`z asarida bu xoinlarni o`z dini va vatanidan yuz o`girgan pastkash 
odamlar, deb la’natlaydi. Toshkent mudofaasini tayyorlashda Alimqul 
sarkardaning xizmati katta bo`ldi, u 8 may kuni Qo`qondan Toshkentga etib keldi.


251 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling